Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Prezidentning rasmiy ramzlari - belgi va shtandart joriy qilindi

27.10.2021

Rus tilida oʻqish

25.10.2021 yildagi OʻRQ-724-son Qonun bilan «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari toʻgʻrisida»gi Qonunga qoʻshimcha kiritildi.

 

Qonun 11-modda bilan toʻldirildi, u bilan Prezidentning rasmiy ramzlari - belgi va shtandart (bayroq) joriy qilindi.

 

Shtandart (bayroq) – Prezident ishtirokidagi barcha muhim tadbirlarda, inauguratsiya (qasamad qabul qilish) vaqtida, shuningdek Prezidentning rezidensiyalari binolari va хizmat хonalarida koʻtariladi.

Prezidentning belgisi - ushbu lavozimga saylangan shaхsga, qasamyod qabul qilgandan keyin unga kirishishda topshiriladi va Prezidentda uning konstitutsiyaviy vakolatlari muddati tugagunga qadar saqlanadi.

 

Belgilanishicha, belgi va shtandart (bayroq)ning tavsifi, ulardan rasmiy foydalanish tartibi Prezident tomonidan belgilanadi.

 

Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida 26.10.2021 yilda e’lon qilingan.

 

Elmira Siraziyeva.