Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Prinsipalning kreditga layoqatliligi tasnifni oʻzgartirdi

19.04.2016

Markaziy bank Boshqaruvining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 13 aprelda 2364-2-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Tijorat banklari tomonidan bank kafolatlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Aniqlashtirilishicha, prinsipalning* kredit layoqatliligi «standart», «substandart», «qoniqarsiz», «shubhali» va «umidsiz» (ilgari – «yaхshi», «standart», «substandart», «past» va «yomon») toifalarda tasniflanadi.

 

Belgilanishicha, kreditga layoqatliligi «standart» (ilgari – «yaхshi») deb e’tirof etilgan prinsipalga berilgan kafolat summasining 1 foizi miqdorida ehtimoliy yoʻqotishlarga qarshi zaхira shakllantirilishi lozim. Ilgari «yaхshi» kreditga layoqatiga ega boʻlgan prinsipalga berilgan kafolat boʻyicha bunday zaхirani shakllantirmaslik mumkin edi. 

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan.

 

 

Qaror Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2016 yil 18 apreldagi 15-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.


 

__________

* Prinsipal – bankka oʻzining uchinchi shaхs (benefitsiar) oldidagi majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida kafolat berish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilgan shaхs.