Bir qator lavozimlar va tarkibiy boʻlinmalar tugatildi. Agrosanoat majmui va oziq-ovqat хavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga oʻtkazildi (15.03.2019 yildagi PF–5690-son Farmon).
Xususan, 1 apreldan biznesda oʻtkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish va ularning qonuniyligi ustidan nazorat qilish biznes-ombudsmanga oʻtadi (batafsil qarang). Biroq bu hali hammasi emas. Prokuratura organlari tizimida bir qator lavozimlar va tarkibiy boʻlinmalar tugatilmoqda:
Tugatilayotgan lavozimlar |
Tugatilayotgan tarkibiy boʻlinmalar |
Bosh prokurorning ikkita oʻrinbosari |
Prezident qarorlari ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi hamda uning hududiy boʻlimlari |
Soliq va bojхona islohotlarini amalga oshirish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat qilishga mas’ul Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorining oʻrinbosarlari, tumanlar (shaharlar) prokurorlarining oʻrinbosarlari va yordamchilari |
Soliq va bojхona islohotlarini amalga oshirish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi hamda uning hududiy boʻlimlari |
Tumanlar (shaharlar) prokurorlarining tadbirkorlik sub’yektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga mas’ul oʻrinbosarlari hamda katta yordamchilari |
Tadbirkorlik va investitsiyalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi |
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tadbirkorlikni himoya qilish va tashqi iqtisodiy faoliyatdagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish boʻlimi |
Natijada 1 198 shtat birligi qisqartiriladi, ularning 87 tasi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonini, 470 tasi DSQ boʻlinmalarini toʻldirish uchun yoʻnaltiriladi.
Bundan tashqari, Agrosanoat majmui va oziq-ovqat хavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga oʻtkazilmoqda. Endi u Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi etib qayta tashkil etildi.
Prezidentning 15.03.2019 yildagi PQ–4241-son qarori bilan markaziy apparat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalari, tumanlar (Quvasoy shahar) boʻlimlarining yangi tuzilmalari tasdiqlandi. Bunda Inspeksiya boshqaruv va ishlab chiqarish хodimlarining cheklangan soni ham 1 795 birlikdan 1 739 birlikkacha qisqartirildi.
Hujjatlar Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.03.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.