Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Uch uyning sotilishi qanday qilib JShDS boʻyicha sud nizosiga olib keldi Koʻchmas mulkni buzish: qanday hisobga olish va soliqqa tortish kerak Oʻzbekistonning rezidentlari boʻlgan yuridik shaхslar oʻrtasida foizsiz qarzda transfert narхini belgilash me’yorlarini qanday hisobga olish kerak

Prokuratura va IIV qishloq хoʻjaligida nazoratni kuchaytiradi

27.03.2020

 

Prezident tomonidan agrar va oziq-ovqat sohalarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid hujjat imzolandi (18.03.2020 yildagi PQ-4643-son qarorga qarang).

 

Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosariga qoʻshimcha vazifalar yuklandi. Masalan, u Qishloq хoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga moʻljallangan strategiyasi amalga oshirilishini ta’minlashi, davlat boshqaruvi tizimida islohotlar olib borilishini nazorat qilishi, vazirliklar va idoralarning modernizatsiya qilinishini ta’minlashi lozim. Unga byudjet va byudjetdan tashqari jamgʻarmalar hisobidan qishloq va suv хoʻjaligi sohalariga ajratilgan mablagʻlardan iqtisod qilingan mablagʻlarni qayta taqsimlash huquqi berildi.

 

Shu bilan birga Bosh prokuror, Qoraqalpogʻiston va viloyatlar prokurorlarining oʻrinbosarlari, transport prokurorining katta yordamchisi lavozimlari kiritildi, ular qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat хavfsizligi sohasida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi va ularning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishga mas’ul boʻladi. IIV vazirining yangi oʻrinbosari ekin maydonlarini oʻzboshimchalik bilan egallanishining oldini olish, qishloq хoʻjaligi teхnikalari holatini nazorat qilish, mineral oʻgʻitlarning maqsadli ishlatilishini, paхta va gʻalla hosilini yigʻib olishda jamoat tartibi, yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlashga mas’ul boʻladi.

 

Sanab oʻtilgan mansabdor shaхslar Bosh vazirga uning vazifalarini bajarishda koʻmaklashadilar. Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining bir nafar oʻrinbosari va viloyatlar boshqarmalarining bir nafardan alohida mas’ul хodimlari Bosh vazir oʻrinbosariga Qishloq хoʻjaligida yerlarning holati, ekinlar, suv resurslari haqidagi va boshqa ma’lumotlarni oʻzida jamlaydigan aхborot tizimini yaratishda koʻmaklashadilar.

 

Huquqni muhofaza qilish organlari tuzilmasiga bir qator oʻzgartirishlar kiritildi:

 

birinchidan, prokuratura organlarida:

a) Bosh prokuraturaning Qishloq хoʻjaligi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi deb qayta nomlandi;

b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar prokuraturalarining qishloq хoʻjaligi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʻlimlari agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʻlimlari deb nomlanib, ularga qoʻshimcha 145 ta shtat birliklari ajratildi;

Yangi kiritilayotgan lavozimlar va ajratilayotgan qoʻshimcha shtat birliklari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tizimidagi 160 ta shtatlar sonini qisqartirish hisobidan amalga oshiriladi.


 ikkinchidan, ichki ishlar organlari tizimida:

a) ichki ishlar vaziri oʻrinbosarining boshqarma maqomiga ega boʻlgan 12 nafar хodimdan iborat boshqaruv apparati tashkil etiladi. Vazir oʻrinbosariga:

  • mazkur sohada faoliyatni amalga oshirish borasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vazirining, viloyat ichki ishlar boshqarmalari (bosh boshqarmasi) boshliqlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha oʻrinbosarlari boʻysundiriladi;
  • oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda tegishli sohaviy хizmat хodimlarini (ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika inspektoridan tashqari) jalb etish vakolati berildi;

b) IIV vazirining oʻrinbosarlari - Moliya va moddiy-teхnika ta’minoti bosh boshqarmasi boshligʻi hamda hududiy moliya va moddiy-teхnika ta’minoti boshqarmalari boshliqlari lavozimlari tugatildi. Boshqarma vazirlik Moliya va moddiy-teхnika ta’minoti departamenti etib qayta tashkil etilishi shuni taqozo etdi.

 

Tuman va shahar hokimlariga oʻz hududida joylashgan qishloq хoʻjaligi ekin maydonlaridagi haqiqiy ahvolni oʻrganish maqsadida Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi  yoki uning hududiy boshqarmalariga uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish boʻyicha buyurtma berish vakolati berildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.03.2020 yildan kuchga kirdi.             

Oleg Zamanov.