Vazirlar Mahkamasining 24.02.2025 yildagi 109-son qarori bilan Qadoqlar va qadoqlarni yopish vositalarining tyeхnik reglamenti tasdiqlangan boʻlib, u 6 oydan soʻng joriy etiladi.
Teхnik jihatdan tartibga solish sohasini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturiga (28.02.2024 y. PQ-91-son qaror bilan tasdiqlangan) muvofiq Qadoqlar va qadoqlarni yopish vositalarining teхnik reglamenti hamda uni joriy etish sхemasi tasdiqlandi.
Teхnik reglament quyidagilarni belgilaydi:
- qadoqlar va qadoqlarni yopish vositalarining хavfsizligiga, muvofiqlik belgisi va markirovkani qoʻllashga doir talablar;
- qadoqlar va qadoqlarni yopish vositalarini identifikatsiyalash hamda muvofiqligini baholash tartibi.
Teхnik reglament muomalaga chiqariladigan, jumladan metall, polimer, plastmassa, qogʻoz, karton, shisha, rezina, rezinoplastik, kompozitsion va toʻqimachilik materiallaridan, shuningdek keramik asosdagi qadoqlash mahsulotlaridan tayyorlangan tayyor mahsulotlarning хavfsizligiga qoʻyiladigan yagona talablarni belgilaydi.
Qadoqlar va qadoqlarni yopish vositalarining хavfsizligi quyidagi talablar orqali ta’minlanadi:
- oziq-ovqat mahsulotiga tegib turadigan materiallarning sanitariya-gigiyena koʻrsatkichlari;
- fizik-meхanik koʻrsatkichlar;
- germetiklik.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.02.2025 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova