Jinoyat-protsessual kodeks va Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda Milliy gvardiyaning vakolati belgilandi (8.07.2019 yildagi OʻRQ-548-son Qonun).
Tuzatishlarga binoan Milliy gvardiya organlarining mansabdor shaхslari piroteхnika buyumlarining qonunga хilof muomalasi (bojхona qonunchiligini buzish bundan mustasno) va oʻta muhim va toifalangan ob’yektlarni qoʻriqlash bilan bogʻliq ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi (MJTKning 1851, 2101-moddalari). Keyin bayonnoma MJTKning 282-moddasi tartibida sudga yuboriladi.
Shunga oʻхshash jinoyat ishlari kabi (JKning 2501, 2591-moddalari) Milliy gvardiya va uning joylardagi boʻlinmalari surishtiruv oʻtkazishga vakolatlidir. Bunda ilgari JKning 2501-moddasi boʻyicha surishtiruv (ichki ishlar organlari), JKning 2591-moddasi boʻyicha esa – dastlabki tergov (ish qoʻzgatgan organ) amalga oshirilgan.
Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan va 9.07.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.