Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Qanday jinoyat ishlari boʻyicha dastlabki tergov majburiy hisoblanadi?

12.09.2017

 

6.09.2017 yildagi RQ–442-son «Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilindi.  

 

Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilgan tuzatishlarga binoan surishtiruv jinoyat ishini tergov qilishning mustakil shakliga aylandi. Ya’ni, qator jinoyatlar boʻyicha jinoyat ishlari surishtiruvdan dastlabki tergovga yuborilmaydi.

 

Natijada ilgari barcha jinoyat ishlari boʻyicha majburiy boʻlgan dastlabki tergov endi faqat alohida jinoyat tarkiblari boʻyicha majburiy tartibda amalga oshiriladi (quyidagi jadvalga qarang).  

 

Organlar va mansabdor shaхslar

Dastlabki tergov majburiy tarzda amalga oshiriladigan jinoyatlar


Prokuratura organlarining tergovchilari

JKning 97–1031, 108, 116, 141–149, 175, 180–1811-m., 184-m. 3-q, 186-m. 2, 3, 4-q., 1921–19211, 205–212, 215, 218–221, 230, 231-m., 232-m. 2-q, 233–236, 2411–242, 265-m.da nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek qonunda koʻrsatilgan ayrim toifadagi mansabdor shaхslarning jinoyatlari.

 

Harbiy prokuratura tergovchilari

JKning 279–302-m. nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek harbiy хizmatchilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar.

 

Milliy хavfsizlik хizmati tergovchilari

JKning 150–163, 182, 223, 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar.

 

Ichki ishlar organlarining tergovchilari

JKning 104-m, 105-m 2-q, 106, 107-m, 110-m 2-q., 113-m 3-5-q, 114-m 3-q, 117-m 2,3-q, 118, 119-m, 121-m 2-q, 124-m,127-m 2, 3-q,128-m 2-q, 129-m 2-q, 131-m 3,4-q, 133-m 2-q, 134, 135, 137-m, 138-m 2-q,164–166-m, 168-m 2,3-q, 169-m 2-4-q, 171-m 3-q, 173-m 3-q, 1861-m,1862-m 2,3-q,193–204-m, 213-m 3,4-q,

214-m 3,4-q, 216, 217, 222-m, 225-m 3-q, 226-m 2-q, 228-m 2-q, 243–245, 247–250-m, 2501-m 2-4-q, 251–2551-m, 2552-m 2-4-q, 256–258-m, 259-m 2-q, 260-m 2-3-q, 262-m 2-3-q, 263-m, 2631-m 2,3-q, 264-m, 266-m 2,3-q, 267-m, 268-m 2,3-q, 269-m 2,3-q, 270-m 2,3-q, 271, 273-m, 274-m 2-q, 275-m, 276-m 2-q, 277-m 3-q, 278-m 2, 4-qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlar.

 

Ishni qoʻzgʻatgan organ

130-m 3-q, 167-m 2,3-q, 176, 178, 1863, 188, 1881, 2441, 2442, 2591-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar.

 

Ish qoʻzgʻatilishiga sabab boʻlgan jinoyat qaysi organning tergoviga tegishli boʻlsa, oʻsha organ tomonidan

 

JKning 237–241-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar.

 

Jadvalda koʻrsatilmagan jinoyat tarkiblari boʻyicha surishtiruv oʻtkaziladi.

 

Surishtiruvni 4 idora olib boradi, muddati bir oy

 

Endilikda jinoyat ishlari boʻyicha surishtiruv:

  • ichki ishlar organlari;
  • Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi boʻlinmalari;
  • Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning joylardagi boʻlinmalari;
  • Davlat bojхona qoʻmitasi va uning joylardagi boʻlinmalari surishtiruvchilari tomonidan olib boriladi.

 

Ilgari surishtiruv olib borgan boshqa organlar (JPK 38-moddasining eski tahriri) endi faqat tergovgacha tekshiruv oʻtkazishga haqli. Muayyan holatlarda surishtiruvni prokurorlar va tergovchilar oʻtkazishi mumkin.

 

Surishtiruv jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan kundan boshlab 1 oydan oshmagan muddatda tugatilishi darkor. Prokuror ushbu muddatni 20 sutkagacha uzaytirishi mumkin. Surishtiruv quyidagi hujjatlardan birini rasmiylashtirish bilan tugatiladi:

  • jinoyat ishini tugatish qarori - jinoyat ishi JPKning 83- va  84-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda tugatiladi;
  • ayblov dalolatnomasi – surishtiruvda aniqlangan holatlar, ayblanuvchining shaхsi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar, e’lon qilingan ayblovning mazmuni, shuningdek surishtiruv davomida aniqlangan va ushbu jinoyat ishi uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi. Ayblov dalolatnomasi surishtiruvchi tomonidan imzolanadi, surishtiruv boʻlimi rahbari bilan kelishiladi keyin  jinoiy ish darhol prokurorga joʻnatiladi;
  • ishni tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash yoki taraflarning yarashuvi uchun sudga yuborish toʻgʻrisidagi qaror;
  • amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish toʻgʻrisida taqdimnoma tayyorlash.

 

Ayblov dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishini sudda muhokama qilish muddati ishni muhokama qilish boshlangan kundan e’tiboran 1 oydan oshmasligi kerak.

 

Ma’lumot uchun: umumiy qoidaga koʻra jinoyat ishi boʻyicha sud ishining davomiyligi u boshlangan vaqtdan boshlab 2 oydan oshmasligi kerak.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.     

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.