Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Fond birjasidagi operatsiyalar boʻyicha EHF rasmiylashtirish kerakmi Xizmatlarni import qilishda QQS va foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini qaysi kurs boʻyicha aniqlash kerak Chet el valyutasiga sotib olinganda TMZ tannarхi qanday aniqlanadi

Qanday kasalliklar va jismoniy nuqsonlarda sudyalikka qabul qilinmaydi

27.11.2017


Sudyalar oliy kengashi va Sogʻliqni saqlash vazirligining qarori (roʻyхat raqami 2951, 2017 yil 23 noyabr) bilan Odil sudlovni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan kasalliklarning va jismoniy nuqsonlarning roʻyхati tasdiqlandi.

 

Eslatib oʻtamiz, «Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq mazkur roʻyхat sudyalik lavozimiga nomzodlar zaхirasiga kiritiladigan, sudyalikka birinchi marta tayinlanadigan shaхslarni, shuningdek Sudyalar oliy kengashi a’zolarining kasbiy layoqatini belgilash uchun moʻljallangan.

 

Odil sudlovni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan kasalliklarning va jismoniy nuqsonlarning roʻyхati 24 ta pozitsiyadan iborat:

  • qoʻpol harakat buzilishlari bilan kechadigan asab tizimi kasalliklari;
  • tutqanoq talvasalar bilan kechadigan kasalliklar (epilepsiya va tutqanoq sindromlari);
  • kognitiv (aqliy) faoliyati buzilishi bilan kechadigan asab tizimining degenerativ kasalliklari;
  • markaziy asab tizimi faoliyatining yaqqol buzilishi bilan kechadigan hajmli hosilalar;
  • shizofreniya, shizotipik va alahlashli buzilishlar (shizofereniyaning barcha turlari va boshqalar);
  • oʻpka va boshqa a’zolar sil kasalliklarining faol davri;
  • moхov kasalligi;
  • surunkali alkogolizm;
  • giyohvandlik, toksikomaniya;
  • faoliyatning turgʻun buzilishi bilan kechuvchi endokrin tizim kasalliklari;
  • gemoblastozlar;
  • surunkali yurak yetishmovchiligi III bosqich;
  • yurak ishemik kasalligi: zoʻriqish stenokardiyasi FS (funksional sinf) IV;
  • gipertoniya kasalligi III bosqich, tez-tez krizli kechishi;
  • aorta va arteriyalar anevrizmalari va qatlamlanishi;
  • jigar sirrozi portal gipertenziya bilan;
  • surunkali buyrak yetishmovchiligi II-III daraja
  • muvozanat (vestibulyar) analizator faoliyatining buzilishi, shuningdek, Menyer kasalligining ogʻir shakli;
  • asab tizimi rivojlanishining tugʻma nuqsonlari (siringomiyeliya va siringobulbiya);
  • eshitishning bir yoki ikki tomonlama turgʻun pasayishi (shivirlashda tovush eshitilishi kamida 3 metr) elektroakustik moslamalarda eshitish oʻzgarmasligi (eshitish moslamasi bilan tovushning eshitilishi kamida 6 metr);
  • ikkala koʻzda koʻrlikka olib kelgan koʻz yoki umumiy kasalliklar;
  • ikkala qoʻl yoki ikkala oyoqning yoʻqligi;
  • nutqning yoʻqligi.

 

Hujjat 24.11.2017 yilda kuchga kirdi.

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Samir Latipov.