Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar: hozirgi holat va yechimini kutayotgan masalalar Korporativ tadbir oʻtkazish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Umumiy ovqatlanish sohasida tayyor mahsulotlar (taomlar) va tovarlarning realizatsiya qilinishi qanday hisobga olinadi

Qanday qilib notariuslar bitimlarni videokonferensaloqa orqali tasdiqlaydilar

15.01.2020

Rus tilida oʻqish

Adliya vazirining buyrugʻi bilan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga tuzatishlar kiritildi (roʻyхat raqami 3113-4, 10.01.2020 y.).

 

Eslatib oʻtamiz, shu yilning 1 yanvaridan boshlab taraflar turli hududlarda joylashgan notarial idoralarda boʻlganda bitimlarni videokonferensaloqa rejimida notarial tasdiqlash imkoniyati paydo boʻldi. Bu kabi notarial tasdiqlash beriladigan arizalar asosida amalga oshiriladi va barcha turdagi bitimlarga tatbiq etiladi.

 

Videokonferensaloqa yordamida birinchi taraf notariusi, bitimni tegishlicha tushuntirgandan va matnini ovoz chiqarib oʻqib berganidan keyin uning rasmiylashtirilishini, shu jumladan barmoqlar izini skaner qilish jarayonini qayd etadi va bu haqda tegishli yozuvni amalga oshiradi. Shundan keyin notarius bitimni imzolaydi, muhr qoʻyadi va boshqa zarur hujjatlar bilan skaner qiladi va Avtomatlashtirilgan aхborot tizimida joylashtiradi.

 

Ikkinchi taraf notariusi Tizimda joylashtirilgan bitim bilan bogʻliq hujjatlarni yuklab oladi va chop etadi.Tizim orqali bitimning birinchi tarafi murojaat qilgan notarius bilan videokonferensaloqa orqali videomuloqot oʻrnatadi, bunda notarius va notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi taraflar tasvirga toʻliq tushirilishi lozim. Shundan keyin ikkinchi taraf notariusi ikkinchi taraf bilan bitimni rasmiylashtirish boʻyicha yuqorida koʻrsatilgan kabi harakatlarni amalga oshiradi, bu ham videoda qayd etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.01.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.