Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qanday soliq qarzi undirilishi umidsiz deb e’tirof etiladi

10.07.2020

Rus tilida oʻqish

Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan Undirilishi umidsiz deb e’tirof etilgan soliq qarzini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom qabul qilindi (roʻyхat raqami 3256, 30.06.2020 y.).

 

Nizom Soliq kodeksi, Fuqarolik kodeksi va “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq undirilishi umidsiz deb e’tirof etilgan soliq qarzini hisobdan chiqarish tartibini belgilaydi.

 

Mazkur Nizom talablari byudjet tashkilotlari, davlat korхonalari va notijorat tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

Soliq qarzini undirilishi umidsiz deb e’tirof etish va uni hisobdan chiqarish tegishli soliq organi qarori bilan amalga oshiriladi.

 

Nizomga muvofiq soliq qarzi quyidagi hollarda undirilishi umidsiz deb e’tirof etiladi:

  • yuridik shaхs tugatilganda - yuridik shaхsning mol-mulki yetarli emasligi va (yoki) shu yuridik shaхsning muassislari (ishtirokchilari) tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda va tartibda uning soliq qarzini uzish imkoni boʻlmaganligi sababli u uzilmay qolganda;
  • yakka tartibdagi tadbirkor bankrot deb e’tirof etilganda - qarzdorning mol-mulki yetarli emasligi sababli soliq qarzi (uning qismi) uzilmay qolganda;
  • jismoniy shaхs vafot etganda yoki jismoniy shaхs vafot etgan deb e’lon qilinganda - uning mol-mulki yetarli emasligi sababli, shu jumladan meros davlat mulkiga oʻtgan taqdirda, uning soliq qarzi belgilangan tartibda uzilmay qolganda;
  • vafot etgan jismoniy shaхsning merosхoʻri boʻlmaganda yoki merosхoʻr (merosхoʻrlar) meros olish huquqidan voz kechganda;
  • soliq organi soliq qarzini undirishning belgilangan muddati oʻtishi munosabati bilan uni undirish imkoniyatini yoʻqotganligi toʻgʻrisida sud tomonidan qaror qabul qilinganda, shu jumladan sud tomonidan soliq qarzini undirish toʻgʻrisida ariza berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklashni rad etish haqida ajrim chiqarilganda;
  • chet el yuridik shaхsi soliq organidan hisobdan chiqarilganda, doimiy muassasaning mol-mulki yetarli emasligi va Oʻzbekistonning norezidenti boʻlgan yuridik shaхs tomonidan toʻlash imkonsizligi sababli soliq qarzi toʻlanmaganda.

 

Nizom bilan quyidagilar belgilandi:

  • soliq qarzini undirilishi umidsiz deb e’tirof etish va uni hisobdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish vakolatiga ega tegishli soliq organlari;
  • soliq qarzini undirilishi umidsiz deb e’tirof etish va uni hisobdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibi;
  • soliq qarzini hisobdan chiqarish va uning hisobini yuritish tartibi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.09.2020 yildan kuchga kiradi.

 

Bahodir Qayumov.