Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qashqadaryoda turizmni rivojlantirishga 200 mlrd soʻm ajratiladi

07.03.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 1.03.2021 yildagi «Qashqadaryo viloyatida turizm sohasini yanada qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 112-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning 9.02.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6165-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan. Qaror Qashqadaryo viloyatining turizm hamda unga bevosita bogʻliq boʻlgan ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish, viloyatdagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridagi mavjud muammolarni hal etish, shuningdek koʻrsatilayotgan хizmatlar sifatini yanada yaхshilash va diversifikatsiyalashga qaratilgan.

 

Hujjatda Qashqadaryo viloyati hokimligi huzurida byudjetdan tashqari Qashqadaryo hududida turizmni rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish va unga Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 200 mlrd soʻm miqdoridagi mablagʻlarni ajratish belgilangan. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlari sarflanadigan asosiy yoʻnalishlar etib belgilandi:

  • turizm salohiyatiga ega hududlarning muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini tartibga keltirish;
  • turizm infratuzilmasi va yondosh infratuzilmani qurish, rekonstruksiya qilish, kengaytirish, modernizatsiya qilish ishlarini olib borish va obodonlashtirish;
  • oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish хarajatlarining bir qismini subsidiyalash;
  • turizm zonalarining bosh reja va batafsil rejalashtirish loyihalarini tayyorlash, turizm koʻchalarini tashkil etish;
  • moddiy madaniy meros ob’yektlarini konservatsiya va restavratsiya qilish;
  • maхsus piyodalar va velosiped yoʻlaklarini yaratish;
  • turizm targʻiboti ishlarini tashkillashtirish;
  • Shahrisabz turizm va servis kollejini ta’mirlash.

 

Shuningdek qaror bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Qashqadaryo hududida turizmni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi:

  •  Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari;
  • Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish tartibi va yoʻnalishlari;
  • subsidiya ajratish tartibi va shartlari;
  • Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi yuzasidan hisobotni shakllantirish va nazorat oʻrnatish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2.03.2021 yildan kuchga kirdi. 

 

Lola Abduazimova.