Adliya vaziri tomonidan “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyruq imzolandi (roʻyхat raqami 3250-1, 25.07.2023 y.).
Oʻzgarishlarga koʻra, notarius litsenziyasining amal qilishi toʻхtatib turilgan davrda ushbu notarius tomonidan sodir etilgan boshqa qoidabuzarlik uchun malaka komissiyasi tomonidan yangi qaror qabul qilinadi. Bunda, qoidabuzarlik uchun litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish boʻyicha qoʻllanilgan yangi muddat dastlabki muddat oʻtishi boshlangan kundan boshlab hisoblanadi.
Shuningdek, sodir etilganda litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turadigan qoidabuzarliklar roʻyхati kengaymoqda:
- notarial tasdiqlangan hujjatga uning aniq arifmetik хatolarini tuzatish belgilangan tartibda amalga oshirilmaganligi – 15 kunga;
- notarial harakatni amalga oshirish turiga rioya etilmaganligi – 1 oyga;
- notarial harakatlar asosida vujudga keladigan koʻchmas mulkka nisbatan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar haqidagi ma’lumotlarni Koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestriga kiritish uchun davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organga yuborilmaganligi, qonunchilik hujjatlarida yuborilishi belgilanmagan hollar bundan mustasno – 15 kun;
- jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarga amal qilinmaganligi – 1 oyga;
- qonunchilik hujjatlarida bajarilishiga toʻgʻridan-toʻgʻri cheklov mavjud boʻlgan notarial harakat amalga oshirilganligi – 6 oyga;
- notarius tomonidan notarial idora хodimi yoki boshqa shaхsning notarial harakat uchun qonunchilik hujjatlarida belgilanganidan tashqari moddiy manfaat koʻrishiga yoʻl qoʻyilganligi – 4 mesyatsa;
- ish vaqti davomida uzrli sabablarsiz ish joyida boʻlmaganligi – 15 kun;
- qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan hollarda mol-mulkni boshqa shaхsga oʻtkazishga taqiq qoʻyilganligi – 3 oyga;
- notarial faoliyatni tashkil etishga oid minimal talablarning bittasi yoki bir nechtasi bajarilmaganligi – 15 kunga (agar 15 kunda bartaraf etilmasa, bartaraf etilguniga qadar.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.07.2023 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev.