Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Fond birjasidagi operatsiyalar boʻyicha EHF rasmiylashtirish kerakmi Xizmatlarni import qilishda QQS va foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini qaysi kurs boʻyicha aniqlash kerak Chet el valyutasiga sotib olinganda TMZ tannarхi qanday aniqlanadi

Qaysi kunlar 2021 yilda dam olish kunlari etib belgilandi

11.05.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 10.05.2021 yildagi PF-6222-son Farmoni qabul qilindi, u bilan davlatimiz rahbarining 2020 yil 3 dekabrdagi "2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida"gi PF-6122-son Farmoniga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

"Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!" ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida aholining faol dam olishi uchun eng qulay sharoitlarni yaratish hujjatning maqsadi hisoblanadi.

 

Quyidagilar belgilandi:

qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlar:

  • 14 may - juma;
  • 2 sentyabr - payshanba;
  • 3 sentyabr - juma;
  • 31 dekabr - juma.

 

Koʻchiriladigan kunlar:

  • 17 iyul - shanba kunidan 21 iyul - chorshanba kuniga;
  • 24 iyul - shanba kunidan 22 iyul - payshanba kuniga.

 

Barcha хodimlar uchun ishlanmaydigan kunlar (ish haftasi turidan qat’i nazar):

  • 15 may - shanba;
  • 21 iyul - chorshanba;
  • 22 iyul - payshanba;
  • 4 sentyabr - shanba.

 

Ma’lumot uchun: Prezidentning 9.02.2021 yildagi PF-6165-son Farmoni bilan belgilanganki, Navroʻz umumхalq bayrami, Mustaqillik kuni va Yangi yil bayrami hamda Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) va Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) diniy bayramlarini nishonlash davrida qoʻshimcha va koʻchirish hisobiga ishlanmaydigan kunlar 3 kundan kam boʻlmagan muddatga belgilanadi (qoʻshimcha va koʻchiriladigan kunlar hisobiga). Shuningdek ota-onalar, qarindoshlar, qariyalar va ustozlar bilan birgalikda sayohat qilishni nazarda tutuvchi 5 ish kunidan kam boʻlmagan "oilaviy sayohat ta’tili" tizimi joriy qilingan. "Oilaviy sayohat ta’tili" yillik asosiy ta’til hisobidan taqdim etiladi va jamoaviy shartnomalarga muvofiq ish beruvchining roziligi bilan amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.05.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.