Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Qimmatli qogʻozlar maхsus komissiya tomonidan yoʻq qilinadi

18.02.2016

Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 9.02.2016 yilda 1125-2-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Hujjatli qimmatbaho qogʻozlarni yoʻq qilish boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarining yagona davlat reyestridan chiqarilgan va Hujjatli qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida saqlanayotgan tugatilgan emitentlarning qimmatli qogʻozlar chiqarishlari Markaziy depozitariy va qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi vakillari tarkibidagi komissiya tomonidan yoʻq qilinadi.

 

Endilikda yoʻq qilish dalolatnomasi quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:

 

- egasining F.I.O. (nomi) koʻrsatilgan holda har bir yoʻq qilingan egasining nomi yozilgan qimmatli qogʻozning seriyasi va blankasi raqami;

 
 

- chiqarilishi hujjatli shakldan hujjatsiz shaklga oʻzgartirilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha depo schyotlari raqamlari.

 

 

Hujjat boshqa qator oʻzgartirishlarni saqlaydi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz  

Yelena YeRMOXINA 

tayyorladi.