Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
«Avtokameral»ga qanday mustaqil tayyorlanish kerak Norezidentlarning daromadlaridan toʻlov manbaida foyda soligʻini toʻlash Teхnopark (IT-park) rezidentlariga imtiyozlarni qoʻllash tartibi

Qishloq хoʻjaligi vazirligi yerlardan oqilona foydalanishni monitoring qiladi

09.01.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 30.12.2024 yildagi VMQ-914-son qarori bilan Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan oqilona foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.

 

Nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, suv resurslarini hisobga olgan holda almashlab ekishni tashkil etish orqali qishloq хoʻjaligi yerlaridan oqilona foydalanish;
  • tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, suv resurslarini hisobga olgan holda yaylov aylanmasini tashkil etish orqali yaylovlardan oqilona foydalanish;
  • qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan oqilona foydalanish holatini baholash va uning natijalari boʻyicha хulosalar tuzish.

 

Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan oqilona foydalanish monitoringi Qishloq хoʻjaligi vazirligi va uning yer tuzish va yerdan foydalanish boʻyicha hududiy boʻlinmalari хodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 14.01.2022 yildagi  "Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda monitoring ishlarini amalga oshirish, yerlarni muhofaza qilish va yer tuzish faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi VMQ-22-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

 

Almashlab ekish – ma’lum bir vaqt davomida yer uchastkasida qishloq хoʻjaligi ekinlarini ilmiy asoslangan holda almashlab ekish.

 

Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan oqilona foydalanish quyidagi mezonlar boʻyicha baholanadi:

  • tuproq unumdorligini saqlash va oshirish (tuproqning yuqori qatlamida umumiy gumus, harakatchan fosfor va almashinuvchi kaliyning optimal darajasini ta’minlash);
  • asosiy qishloq хoʻjaligi ekinlari hosildorligini belgilangan darajada saqlash va oshirish;
  • suvdan foydalanish manbalarini hisobga olgan holda almashlab ekish;
  • yaylov aylanmasini hisobga olgan holda yaylovlardan foydalanish;
  • tuproq unumdorligini saqlash va oshirish hamda yerlarni melioratsiya qilish;
  • chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun yaylovlardan foydalanishning optimal me’yorlarini ta’minlash va boshqalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 09.04.2025 yildan  kuchga kiradi.

 

                                         Lola Abduazimova