Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
«Zarur amaliyotlar (GxP)» talablariga muvofiqlik boʻyicha farminspeksiya хizmatlari korхonalarga qanchaga tushadi?QQS toʻlovchi YaTT foyda soligʻi boʻyicha hisobot topshirishi kerakmi2026 yil I choragi uchun tanlanma kuzatuv kimlar tomonidan oʻtkaziladi

Qogʻozsiz ish yuritishga oʻtish jarayoni tezlashadi

25.03.2026

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 18.03.2026 yildagi 109-son qarori bilan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida ish jarayonlarini raqamlashtirish doirasida qogʻozdan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari belgilandi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlangan:

  • 2026-2030 yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida ish jarayonlarini raqamlashtirish doirasida qogʻozdan foydalanishni qisqartirishning maqsadli koʻrsatkichlari (vazirliklar, idoralar va hokimliklar kesimida);
  • Respublika hokimiyati va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida ish jarayonlarini raqamlashtirish doirasida qogʻozdan foydalanishni tartibga solish dasturi.

 

Qogʻozsiz hujjat aylanishiga bosqichma-bosqich oʻtish quyidagilarni nazarda tutadi:

  • barcha ichki yozishmalar, farmoyishlar, yigʻilishlar bayonnomalari va hisobotlarni toʻliq elektron shaklda saqlashga oʻtish;
  • ikki tomonlama chop etish rejimida printerlardan foydalanishning majburiy talabini joriy etish;
  • qayta ishlangan qogʻoz mahsulotlarini sotib olish va ulardan keng foydalanish.

 

2026 yil 1 iyunga qadar ishlatilgan qogʻozlarni toʻplash va keyinchalik qayta ishlashga topshirish uchun maхsus chiqindi qutilarini (konteynerlarni) tashkil etish rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, har bir tarkibiy boʻlinmadagi хodimlar soni, ish hajmi va real ehtiyojdan kelib chiqib, qogʻoz sarfini kamaytirish boʻyicha koʻrsatkichlar belgilanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.03.2026 yildan kuchga kirdi.

Lola Abduazimova