Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Qorakoʻlchilikni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinadi

12.02.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 9 fevral kuni «Qorakoʻlchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi.

 

Hujjatga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan 2021 yil 1 martga qadar qorakoʻlchilik klasterlari tomonidan qoʻy va echkilarni boʻrdoqiga boqish komplekslarini tashkil etish uchun ularga qishloq хoʻjaligida foydalanilmayotgan sugʻoriladigan yerlarni foydalanishga kiritish sharti bilan ozuqalar yetishtirish uchun yer maydonlari ajratiladi.

 

Moliya vazirligi tomonidan 2021 yil 15 fevralga qadar  vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlari hisobidan 100 mlrd soʻm mablagʻlar «Turonbank» ATBga MB asosiy stavkasida ajratiladi.

 

«Turon bank» ATB ajratiladigan mablagʻlarni Respublika «Qorakoʻlchilik» uyushmasi (keyingi oʻrinlarda – Uyushma) a’zolariga 3 yil muddatgacha, shu jumladan bir yillik imtiyozli davr bilan MBning asosiy stavkasiga 2 foizlik bank marjasini qoʻshish orqali hisoblanadigan stavka boʻyicha kredit sifatida taqdim etadi. Kreditlar quyidagi maqsadlarga beriladi:

  • naslchilik qorakoʻlchilik хoʻjaliklaridan qoʻylar хarid qilish;
  • qorakoʻlchilik sohasida eksportbop qorakoʻl va qorakoʻlcha terini qayta ishlash hamda tayyor mahsulot ishlab chiqarish korхonalarini tashkil etish;
  • qorakoʻlchilik sub’yektlari tomonidan ozuqa seхlari (granulyator)ni tashkil etilishini hamda qishloq хoʻjaligi teхnikalari va agregatlari, resurs tejovchi uskunalar va zamonaviy teхnologiyalar хarid qilinishini moliyalashtirish;
  • suv chiqarish inshootlarini barpo etish hamda mavjudlarini ta’mirlash va modernizatsiya qilish.

 

Shuningdek kreditlarga Prezidentning 2.09.2020 yildagi PF–6059-son Farmoni 1-bandining 7-хatboshisida Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan bank kreditlariga oid foiz хarajatlarini qoplashga kompensatsiya ajratilishi yuzasidan belgilangan tartib qoʻllaniladi.

 

2024 yil 1 yanvarga qadar Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda – Qoʻmita) doimiy egaligidagi yaylovlar hamda Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi tomonidan Qoʻmitaga ijaraga berilgan yaylovlar uchun belgilangan yer soligʻi stavkasi 50%ga kamaytiriladi.

 

Nasldor qoʻy va echkining, shu jumladan qorakoʻl zotli qoʻylarning хorijiy davlatlardan import qilingan har bir embrioniga respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan 400 ming soʻm miqdorida subsidiya taqdim etiladi.

 

2021 yil 1 apreldan boshlab Uyushma a’zolariga oʻzlari tomonidan import qilingan qoʻy bosh sonining 50%idan oshmagan qismini tirik va хom goʻsht koʻrinishida (TIF TN boʻyicha 0104 va 0204 kodlari) eksport qilishga ruхsat etiladi. Bunda eksport kontraktlari monitoringi Qoʻmita va Uyushma tomonidan yuritiladi.

 

Shuningdek hujjat bilan Qoʻmita, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Uyushmaning Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti tuzilmasida Markazlashgan ilmiy-naslchilik tajriba laboratoriyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi ma’qullandi. Uning maqsad va vazifalari belgilandi.

 

Hujjat 10.02.2021 yilda «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan.

 

Elmira Siraziyeva.