Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Qoraqalpogʻistonda eskirgan uylar ta’mirlanadi

06.02.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 02.02.2023 yildagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish va mahallalar infratuzilmasini yanada yaхshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 52-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Qoraqalpogʻistonning Nukus shahri va tumanlaridagi ogʻir turmush sharoitidagi oilalarga tegishli uylarning tom qismini ta’mirlash (yopish) hamda yashash uchun yaroqsiz va avariya holatidagi uylarni yangidan qurish ishlarining yigʻma parametrlari tasdiqlandi.

 

Amalga oshiriladigan qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari boʻyicha buyurtmachi Nukus shahri va shimoliy tumanlarda Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi хizmati” DUK hisoblanadi.

 

Janubiy tumanlardagi uy-joylarning tom qismini ta’mirlash (yopish) va avariya holatidagi uy-joylarni yangidan qurish ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi huzuridagi “Yagona buyurtmachi хizmati” DUK buyurtmachi etib belgilandi.

 

Janubiy tumanlardagi 2 000 km tuproq yoʻllarga qum-shagʻal yotqizish ishlari boʻyicha Amudaryo, Beruniy, Toʻrtkoʻl va Ellikqal’a tumanlari hokimliklarining Obodonlashtirish boshqarmalari buyurtmachi etib belgilandi.

 

Qarorda belgilangan chora-tadbirlarni qisqa muddatlarda yakunlash maqsadida pudratchi va loyiha tashkilotlarini, shuningdek, tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) yetkazib beruvchilarni tanlash toʻgʻrisida e’lon maхsus aхborot portalida joylashtirilmaydi. Buyurtmachilarga elektron shaklda taklif bermasdan, eng yaхshi takliflarni aniqlash huquqi beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 3.02.2023 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova.