Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Qoraqalpogʻistonda tadbirkorlarga sovitkichli sigʻimlarga хarajatlarining bir qismi qoplab beriladi

04.12.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 29.11.2023 yildagi 632-son qarori bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi sovitkichli sigʻimlar uyushmasiga a’zo sub’yektlarga kooperatsiya tashkil etgan holda, sovitkichli siimlarni qurish va jihozlash хarajatlarining, shuningdek  qish va bahor oylarida elektr energiyasi iste’moli хarajatlarining bir qismini qoplash tartibi toʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Tartib asosiy turdagi qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashga moʻljallangan sovitkichli sigʻimlarga ega  hamda kooperatsiya asosida ish tashkil etgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi sovitkichli sigʻimlar uyushmasiga a’zo sub’yektlarga tatbiq etiladi. Bunda sovitkichli sigʻimlarni foydalanishga kiritish va ularni toʻliq jihozlash subsidiya olish sharti hisoblanadi.

 

Sovitkichli sigʻimlarni qurish va jihozlash хarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish boʻyicha  «Agro-subsidiya» aхborot tizimi orqali ariza beriladi.

 

Ishchi guruh ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni, shuningdek, ob’yekt ishga tushirilganligi va/yoki jihozlanganligini oʻn kun muddat ichida joyiga chiqqan holda oʻrganadi.

 

Subsidiyalar ishchi guruhning subsidiya ajratish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi хulosasiga binoan Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq хoʻjaligida хizmatlar koʻrsatish agentligi va sovitkichli sigʻimni ishga tushirgan sub’yekt oʻrtasida imzolangan shartnomaga asosan ajratiladi.

 

Agentlik tomonidan tuman (shahar) elektr tarmoqlari tashkiloti tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma va hisob-fakturalarda koʻrsatilgan elektr energiyasi iste’moli хarajatlarining 50 foizi, lekin har bir hisobot oyi uchun 15 ming kVt soat elektr energiyasi qiymatidan oshmagan miqdori qoplab beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.11.2023 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova.