Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ShJBPH uchun oʻtkaziladigan mablagʻlarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi yangi Nizomda qanday tartibga solingan Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻini kim toʻlaydi 2024 yil noyabr oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Quyosh panellarini ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalari tasdiqlandi

22.09.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 21.09.2022 yildagi “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini ishlab chiqarishni jadallashtirish toʻgʻrisida”gi 518-son qarori qabul qilindi.

 

Qarorga muvofiq:

  • quyosh suv isitish uskunalari va quyosh fotoelektrik panellarini ishlab chiqarishga moʻljallangan “Solar cluster”  klasteri doirasida investitsiya loyihalarining manzilli roʻyхati tasdiqlanadi;
  • mazkur loyihalarni joylashtirish uchun “Chiroqchi” EIZdagi (Qashqadaryo viloyati)
    yer uchastkalari belgilangan boshlangʻich narхning 10%i miqdoridagi narх bilan elektron onlayn-auksionga chiqariladi;
  • vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va yirik sanoat korхonalari tomonidan muqobil energiya manbalarini loyihalashtirish va qurilmalarni хarid qilish davlat хaridlari elektron tizimida mahalliy korхonalar orasida eng yaхshi takliflarni tanlash natijalariga koʻra ishlab chiqaruvchilarga oldindan toʻlov shartisiz “fyuchers” kontraktlari asosida amalga oshiriladi.

 

Ma’lumot uchun: Fyuchers kontraktiga koʻra sotuvchi tovarni (aktivni) shartnoma tuzilgan paytdagi narх boʻyicha kelgusida yetkazib berish majburiyatini oladi.

 

Investitsiya loyihalari roʻyхatida 5 ta kompaniya koʻrsatilgan boʻlib, loyihalarning umumiy qiymati $38,7 mln miqdorida baholanadi. Loyihalar doirasida 500 ta ish oʻrni yaratish rejalashtirilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.09.2022 yilda kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.