Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Qum-shagʻalni litsenziyasiz qazib olish mumkin

15.11.2019

Rus tilida oʻqish

 

Daryolar oʻzanlari va qirgʻoqboʻyi mintaqalarida qum-shagʻal materiallarini qazib olish tartibi soddalashtirildi (12.11.2019 yildagi PQ-4518-son qarorga qarang).

 

Buning uchun endi litsenziya talab etilmaydi. Eslatib oʻtamiz, umumiy qoidaga koʻra, koʻrsatilgan uchastkalarda noruda foydali qazilmalarni qazib olish qat’iy litsenziyaga muvofiq amalga oshiriladi.

 

Shu bois daryo oʻzanlarida qum-shagʻal materiallarini qazib olish uchun litsenziyalarni endi uzaytirish yoki qayta rasmiylashtirish lozim emas. Amaldagilari esa ularning muddati tugagunga qadar kuchda boʻladi, basharti yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi cheklanmasa, toʻхtatib turilmasa yoki tugatilmasa.

 

Bunda daryolar oʻzanlarida qum-shagʻal materiallarini faqat ularni tozalash jarayonida qazib olish mumkin va FVV huzuridagi “Xavfsiz daryo” DUK tomonidan shartnoma asosida jalb etilgan tadbirkorlik sub’yektlari va boshqa tashkilotlarga ruхsat berilgan.

 

Daryo oʻzanlarida va qirgʻoqboʻyi mintaqalaridagi istiqbolli uchastkalarda geologik oʻrganish uchun 2019 yil 1 iyul kuniga qadar litsenziyalar olgan tadbirkorlik sub’yektlari, istisno tariqasida, “Xavfsiz daryo” DUK bilan qum-shagʻal materiallarini qazib olish yuzasidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzishlari mumkin. Qolgan hollarda tanlash «Ye-IJRO AUKSION»da tanlov asosida elektron savdolar orqali amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.11.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.