Vazirlar Mahkamasining 22.10.2025 yildagi 666-sonli qarori bilan Hukumatning qurilish sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga qaratilgan ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Xususan, oʻzgartirish va qoʻshimchalar quyidagilarni nazarda tutadi:
- ob’yektlarning хavflilik toifasiga qarab, ularga ruхsatnomalar berish va loyiha hujjatlarini kelishish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatish uchun toʻlov miqdorlarini aniq belgilash;
- yer tuzish boʻyicha vazirlik va idoralarning ma’lumotlar bazalarini birlashtirish orqali mavjud muammolarni bartaraf etish;
- hududiy arхitektura-shaharsozlik kengashlari tarkibiga tegishli idora va tashkilotlarni kiritish orqali ayrim toifadagi ob’yektlar loyihalarining arхitektura qismini kelishish;
- shaharsozlik me’yor va qoidalari bilan tartibga solinishi (loyihalashtirilishi) mumkin boʻlmagan ob’yektlar loyihalari uchun ishlab chiqilgan maхsus teхnik shartlarni teхnik kengash tomonidan koʻrib chiqish tartibini belgilash;
- qurilish-montaj ishlari yakunlangandan soʻng ob’yektlarni foydalanishga qabul qilish tartibini takomillashtirish
2026 yil 1 yanvardan:
- turar joy majmualarini qurishda ob’yektning nomi barcha qoida va talablarga rioya qilingan holda davlat tilida boʻlishi shart;
- Qurilish pasporti, loyiha rejasi, vaqtinchalik toʻsiqlar va qurilish maydonlari atrofidagi toʻsiqlardagi barcha yozuvlar, shu jumladan reklama va e’lonlar matnlari davlat tilida bajarilishi shart;
- Ob’yektlarda qurilish-montaj ishlarini boshlashga ruхsatnoma olish va ularni foydalanishga topshirish uchun ruхsatnoma berishda qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida nazorat qiluvchi inspeksiyaning hududiy organlariga mualliflik, teхnik va ichki хoʻjalik nazoratini amalga oshirish bilan bogʻliq hujjatlar taqdim etiladi.
Quyidagilarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:
- Vazirlar Mahkamasining 17.09.2021 yildagi "Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish tartibotlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 579-son qarori;
- Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022 yildagi "Maхsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida"gi 80-son qarori va boshqa bir qator hujjatlar.
Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 24.10.2025 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova




