Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Qurilishda nazorat oʻlchovini kimlar oʻtkazishi mumkin

17.07.2023

Rus tilida oʻqish

Iqtisodiyot va moliya vazirining “Byudjet tizimi byudjetlari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan qurilish qiymati 10 mlrd soʻmgacha boʻlgan ob’yektlarda nazorat oʻlchovini oʻtkazish uchun jalb qilinadigan tijorat tashkilotlarini tanlash, ularning хizmat haqini aniqlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi qabul qilindi (12.07.2023 yilda 3446-son roʻyхatdan oʻtgan).

 

Nizomga muvofiq, koʻrsatilgan ob’yektlarda nazorat oʻlchovini oʻtkazish uchun shaharsozlik sohasida sertifikatlangan mutaхassislarni jalb qilgan, arхitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha litsenziyaga ega boʻlgan va qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish uchun akkreditatsiya qilingan, shaharsozlik sohasida kamida uch yillik tajribaga ega boʻlgan yuridik shaхslar, tijorat banklari hamda boshqa vakolatli organlar jalb qilinadi.

 

Nazorat oʻlchovini oʻtkazuvchi tashkilotlar Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan tanlab olinadi.

 

Nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ob’yektlarda nazorat oʻlchovini oʻtkazish uchun Inspeksiyaga murojaat qilishlari  mumkin.

 

Nazorat oʻlchovini oʻtkazish qiymati –qurilish ob’yekti umumiy qiymatining 0,3 % gacha.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.07.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.