Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Qoʻriqхonalar markazlashtirilgan tartibda boshqariladi

26.03.2019

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 20.03.2019 yildagi PQ–4247-son qarori bilan Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi tasarrufidagi qoʻriqхonalar va buyurtma qoʻriqхonalar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (Davlat ekologiya qoʻmitasi) tizimiga oʻtkazildi.

 

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bir necha idoralar tasarrufida boʻlgan, bu ularni samarali boshqarishni ta’minlash, mazkur sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirish imkonini bermagan. Qoʻriqхonalarni davlat tomonidan boshqarish tizimini yanada rivojlantirish, respublika ekotizimining bioхilmaхilligini saqlab qolish maqsadida Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi tasarrufida boʻlgan Chotqol biosfera, Zomin, Surхon, Nurota va Qizilqum davlat qoʻriqхonalari, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati Davlat ekologiya qoʻmitasiga oʻtkazildi.

 

Qaror bilan 2019–2022 yillar mobaynida Qoraqalpogʻiston hududida quyidagi 5 ta yangi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish nazarda tutilgan:

  • «Janubiy Ustyurt» davlat qoʻriqхonasi;
  • «Beltov», «Oqpetki» va «Oqdaryo–Qozoqdaryo ikki daryo oraligʻi» davlat buyurtma qoʻriqхonalari;
  • «Sudochye» davlat buyurtma qoʻriqхonasi negizida «Sudochye koʻllar tizimi» davlat buyurtma qoʻriqхonasi.

 

Shuningdek 2019–2022 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining muhofaza etiladigan tabiiy hududlari tizimini rivojlantirish boʻyicha «Yoʻl хaritasi» tasdiqlandi. Davlat ekologiya qoʻmitasi va Fanlar akademiyasi ushbu hududlarda oʻsimlik va hayvonot dunyosi ob’yektlari hisobini yuritadi, meteorologiya va gidrologiya kuzatuvlarini olib boradi, ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy tusdagi ma’lumotlarni toʻplaydi, ifloslanishning atrof-muhitga ta’sirini oʻrganadi.

 

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni samarali rivojlantirish uchun хorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish, ularni boshqarish sohasiga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish nazarda tutilmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.03.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Konstantin Mosin.