21.12.2017 yildagi OʻRQ–450-son «Oʻzbekiston Respublikasi qurilish sohasi хodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida»gi Qonun imzolandi. Hujjat «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan .
Qonun bilan avgust oyining ikkinchi yakshanbasi Qurilish sohasi хodimlari kuni etib belgilandi. Eslatib oʻtamiz, ilgari bu Prezidentning 7.08.2017 yildagi PF–5136-son «Oʻzbekiston Respublikasi qurilish sohasi хodimlari kunini nishonlash toʻgʻrisida»gi Farmonida koʻzda tutilgan edi.
Qonun 22.12.2017 yilda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz.