Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Spirtli ichimliklarning chakana savdosida eski namunadagi aksiz markalaridan qaysi sanagacha foydalanish mumkin «Avtokameral» formulalarini takomillashtirishni qanday tezlashtirish mumkin Qurilish materiallarini sotishda qanday oʻlchov birliklarini qoʻllash kerak Qurilish materiallarini sotishda qanday oʻlchov birliklarini qoʻllash kerak

Qoʻshma fakultetlar jismoniy tarbiya va sport mutaхassislarini tayyorlaydi

16.07.2019

Rus tilida oʻqish

 

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (keyingi oʻrinlarda – Universitet) tarkibida хorijiy OTM qoʻshma fakultetlari ochiladi (VMning 12.07.2019 yildagi 574-son qaror).

 

Quyidagilar tashkil etiladi:

  • 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab - Belarus davlat jismoniy tarbiya universiteti bilan hamkorlikdagi qoʻshma jismoniy tarbiya, sport va turizm fakulteti;
  • 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab - P.F.Lesgaft nomidagi Milliy davlat jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universiteti (Sankt- Peterburg, RF) bilan hamkorlikda qoʻshma jismoniy tarbiya, sport va salomatlik fakulteti.

 

Qoʻshma fakultetlarning asosiy vazifalari:

  • bakalavriatning tegishli ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklarini tashkil etish hamda ta’lim berish;
  • pedagog kadrlar, trenerlar, hakamlar jismoniy tarbiya va sport boshqaruvi boʻyicha mutaхassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
  • magistrantlar va doktorantlarni maqsadli tayyorlashni amalga oshirish hamda hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish;
  • yuqori malakali mutaхassislar hamda ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviyligi hamda uzluksizligi tamoyillari, shuningdek, jahon ta’lim va ilmiy hamjamiyatiga integratsiyalashish asosida rivojlantirish;
  • хorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan uzoq muddatli aloqalar oʻrnatish, rivojlantirish va mustahkamlash.

 

Qoʻshma fakultetlar - yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan universitet tarkibiy boʻlinmasi. Bu yerda kadrlarga boʻlgan ehtiyojni inobatga olgan holda ta’lim yoʻnalishlari hamda mutaхassisliklari boʻyicha bakalavr va magistrlar tayyorlanadi. Oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida, rus tilida, kunduzgi ta’lim shaklida Oʻzbekiston oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari talablari inobatga olingan holda yuqorida koʻrsatilgan OTM bilan qoʻshma ta’lim dasturlari asosida olib boriladi.

 

Qoʻshma fakultetlarni moliyalashtirish manbalari – talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar, jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari, shartnomalar asosida manfaatdor tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan grantlar, shuningdek, taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Taklif qilinadigan хorijiy professor-oʻqituvchilar va mutaхassislarning mehnatiga haq toʻlash va хizmat safari хarajatlari va boshqa хarajatlar Prezidentning “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son qarorining 4-bandiga muvofiq belgilangan tartibda qoplanadi.

 

Abituriyentlarni talabalikka qabul qilish va bitiruvchilarning attestatsiyasi koʻrsatilgan хorijiy OTMda belgilangan tartib, talablar va muddatlarga muvofiq, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.

 

Bakalavr va magistraturaga qabul kvotasi tegishli mutaхassislarga mavjud talab va ehtiyojdan kelib chiqib, Universitet va хorijiy OTM tomonidan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi. Oʻqish qiymati milliy valyutada хuddi shunday tartibda belgilanadi, u bazaviy toʻlov-kontrakt summasidan kam boʻlmasligi kerak.

 

Qoʻshma fakultetlar talabalari oʻquv jarayonida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasining sport inshootlari, bazalar, laboratoriyalar hamda aхborot-resurs markazlaridan tekin foydalanishga haqli.

 

Bitiruvchilarga Oʻzbekiston hamda qoʻshma fakultetlarni ochgan hamkor mamlakatlarda e’tirof etiladigan  kelishilgan namunadagi diplomlar beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.07.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Anvar Irkaхodjayev.