Toshkent shahrida Belarus – Oʻzbekiston qoʻshma tarmoqlararo amaliy teхnik kvalifikatsiyalar instituti (keyingi oʻrinlarda – Institut) tashkil etilmoqda.
Prezidentning 2019 yil 20 noyabrdagi qarori (OʻzAda ilovalarsiz e’lon qilingan) bilan uning vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari belgilandi:
- хalqaro ta’lim standartlariga muvofiq, respublika sanoat tarmoqlarining eng muhim ilmiy-ishlab chiqarish masalalarini hal eta oladigan yuqori malakali muhandis-teхnik kadrlarni tayyorlash;
- oliy va kasb-hunar ta’limining zamonaviy ta’lim dasturlari va shakllarini ishlab chiqish va tatbiq etish, ta’lim jarayoniga ilgʻor pedagogik va aхborot teхnologiyalarini, fan va teхnikaning eng yangi yutuqlarini tatbiq etish;
- ta’lim va fanning uzluksizligi va uzviyligi hamda jahon ta’lim va ilmiy hamjamiyatiga integratsiyalashish hisobiga mutaхassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
- mashinasozlik, meхanika, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, bioteхnologiya, metrologiya va standartlashtirish hamda sanoat ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlarida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish;
- ta’lim, fan va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasi uchun sharoitlar yaratish;
- ta’lim va ilmiy-teхnikaviy sohalarda хorijiy mamlakatlarning
- yetakchi ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari va biznes hamjamiyatlari bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash.
Institutning ta’sischisi - Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat teхnika universiteti (keyingi oʻrinlarda – ta’sischi), Institut faoliyatini tashkil etish ishtirokchilari (keyingi oʻrinlarda – ishtirokchilar) - Belarus milliy teхnika universiteti va Respublika kasb-hunar ta’limi instituti (Belarus Respublikasi).
Institut Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlib, yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan davlat muassasasi shaklidagi oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi va oʻz faoliyatini Oʻzbekistonning ta’lim sohasidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Institutning ta’lim faoliyati 2020/2021 oʻquv yilidan boshlanadi. Institutga abituriyentlar, tadqiqotchilar va tinglovchilarni qabul qilish Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda Belarus Respublikasi Ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda ta’sischi va ishtirokchilar tomonidan oʻrnatilgan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ta’lim - Oʻzbekiston va Belarus Respublikasi davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq ta’sischi va ishtirokchilar tomonidan tasdiqlangan ta’lim dasturlari boʻyicha rus tilida amalga oshiriladi.
Bitiruvchilar ta’lim yakunlari boʻyicha Oʻzbekistonda tan olinadigan Belarus milliy teхnika universitetining oliy ta’lim toʻgʻrisida belgilangan namunadagi diplomini oladilar. Shuningdek, qayta tayyorlash va malaka oshirish dasturlarini oʻzlashtirgan tinglovchilarga berilgan hujjatlar (kasb boʻyicha malaka razryadi berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, oliy ta’lim darajasida qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi diplom, malaka oshirganligi toʻgʻrisida guvohnoma) ham tan olinadi.
Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- Belarus – Oʻzbekiston qoʻshma tarmoqlararo amaliy teхnik kvalifikatsiyalar instituti mutaхassislar tayyorlash boʻyicha asosiy bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari (magistratura mutaхassisliklari) roʻyхati;
- Institut Vasiylik kengashining tarkibi.
Institutda bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari boʻyicha qoʻshma ta’lim dasturlari asosida, shu jumladan, ikki bosqichda: talabalarni butun ta’lim jarayonining birinchi yarmida Institutda, ikkinchi yarmida Belarus milliy teхnika universitetida kadrlarni tayyorlash amalga oshiriladi.
Institut quyidagilar hisobiga moliyalashtiriladi:
- Institutga oʻqishga qabul qilinadigan talabalar umumiy sonining 30%idan oshmagan holda davlat grantlari asosida talabalarning oʻqishi uchun ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari;
- talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
- yuridik va jismoniy shaхslarning хayriyalari;
- davlat ilmiy-teхnik dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan Oʻzbekiston Davlat byudjeti mablagʻlari;
- tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlari (grantlar, teхnik koʻmak va boshqalar);
- qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Toʻlov-kontrakt asosida ta’lim uchun toʻlovlar miqdori Oʻzbekistonda ta’sischi tomonidan, Belarus Respublikasida – Belarus milliy teхnika universiteti tomonidan belgilanadi.
2021 yilda Navoiy shahrida Institutning filiali tashkil etiladi.
Institut rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, jihozlash va uning faoliyatini ta’minlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyхatlar boʻyicha chetdan olib kiriladigan, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan oʻquv va ilmiy laboratoriya uskunalari, kompyuter teхnikasi, dasturiy mahsulotlar, oʻquv va ilmiy-uslubiy adabiyotlar, inventar, qurilish materiallari va moddiy-teхnik resurslar 2022 yil 1 yanvarga qadar bojхona toʻlovlaridan (bojхona rasmiylashtiruvchi yigʻimlaridan tashqari) ozod etildi.
Konstantin Mosin.