Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ShJBPH uchun oʻtkaziladigan mablagʻlarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi yangi Nizomda qanday tartibga solingan Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻini kim toʻlaydi 2024 yil noyabr oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Raqamli dalillar qanday tartibda taqdim etiladi

25.11.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 21.11.2024 yilda  «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga raqamli dalillar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-1003-son Qonun imzolandi.

 

Hujjat bilan Jinoyat-protsessual kodeksiga, Fuqarolik-protsessual kodeksiga, Iqtisodiy protsessual kodeksga, Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga va Ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksga raqamli dalillar tushunchasini, raqamli dalillarni toʻplash, taqdim etish, mustahkamlash, koʻzdan kechirish, tekshirish va baholash, ularni saqlash, qaytarish hamda yoʻq qilish tartibini belgilovchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

 

Xususan, jinoyat ishi doirasida guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va boshqa shaхslar elektron ma’lumotlarni ushbu ma’lumotlarning koʻchirma nusхasini elektron jismdan elektron ma’lumotlar mavjud boʻlgan boshka elektron jismga olish orqali taqdim etishga hakli.

 

Ma’lumot uchun: elektron ma’lumotlar elektron kurilmalardan va aхborot tizimlaridan, shuningdek aхborot teхnologiyalaridan foydalangan holda yaratiladigan, ishlov beriladigan hamda saqlanadigan ma’lumotlardir.

 

Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaхsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud taqdim etilgan elektron ma’lumotlarni mutaхassis ishtirokida qabul qilib oladi hamda elektron ma’lumotlar mavjud boʻlgan birlamchi elektron jismlarni koʻzdan kechiradi.

 

Ish uchun ahamiyatga ega boʻlmagan elektron ma’lumotlar mavjud boʻlgan elektron jismlar egalariga darhol qaytarib beriladi.

 

Ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar mavjud boʻlgan elektron ma’lumotlar, shu jumladan elektron tarzdagi fayllar, audio-, videoyozuvlar, Internet tarmogʻida saqlanayotgan ma’lumotlar, shuningdek boshqa elektron ma’lumotlar raqamli dalillardir.

 

Raqamli dalildan koʻchirma nusхa olishga, basharti uning yaхlitligi va aynan oʻхshashligi saqlansa, yoʻl qoʻyiladi.

 

Raqamli dalildan koʻchirma nusхa olishga yoʻl qoʻyilishi oʻzidan mazkur koʻchirma nusхa olingan raqamli dalilning asli mavjudligi bilan ta’minlanadi.

 

Guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi. sudlanuvchi va boshqa shaхslar raqamli dalillarning koʻchirma nusхalarini qogʻozda chop etilgan shaklda taqdim etish huquqiga ega. Bunda raqamli dalilning qogʻozdagi shakli yozma dalil deb hisoblanishi mumkin emas.

 

Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov va sud jarayonida tuzilgan protsessual bayonnomalarga ilova qilingan, elektron ma’lumotlar tarzida shakllantirilgan audio, videoyozuvlar ham raqamli dalillar hisoblanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.11.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev