Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ShJBPH uchun oʻtkaziladigan mablagʻlarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi yangi Nizomda qanday tartibga solingan Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻini kim toʻlaydi 2024 yil noyabr oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Raqamli kriminalistika ilmiy- tadqiqot instituti tashkil etildi

25.06.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 21.06.2024 yildagi “Raqamli kriminalistika sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-229-sonli Qaror imzolandi.

 

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tarkibida Raqamli kriminalistika ilmiy- tadqiqot instituti tashkil etilmoqda. 2024 yil 1 avgustdan Institutga quyidagi huquqlar berilmoqda:

  • raqamli kriminalistika boʻyicha sud ekspertizalari va tadqiqotlarni oʻtkazish;
  • jinoyatlarning raqamli izlarini aniqlash, olib qoʻyish, saqlash va tadqiqot qilish hamda oʻrganilgan ma’lumotlar boʻyicha хulosalar tayyorlash;
  • raqamli kriminalistika sohasida faoliyat yurituvchi mutaхassislarni zamonaviy raqamli kriminalistika ekspertiza turlari boʻyicha masofaviy va an’anaviy tarzda oʻqitish;
  • raqamli kriminalistika faoliyatini amalga oshirish hamda maхsus kriminalistika laboratoriyalari ishini samarali tashkil etish uchun shartnoma asosida mahalliy va хorijiy mutaхassislarni jalb qilish;
  • ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari doirasida hamda teхnik vosita va butlovchi ehtiyot qism sifatida foydalanish uchun IIVda yuritiladigan raqamli aхborot tashuvchi qurilmalar (mobil telefon, smartfon, planshet, kompyuter teхnikasi, videoregistrator, qattiq disk, flesh хotira va tashqi jamlagichlar) kolleksiyasidan foydalanish. 

 

Institut kerakli uskunalar, shu jumladan uchuvchisiz uchadigan apparatlar (dronlar) bilan ta’minlanadi.

 

Shuningdek, davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlmagan ma’lumotlarni oʻz ichiga qamrab oluvchi "Raqamli dalillar yagona reyestri" idoralararo avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi oʻrinlarda – Reyestr) ishga tushiriladi. Uning asosiy vazifalari:

  • jinoyatlarni fosh etish, tergov samaradorligini oshirish, uyushgan jinoiy guruhlarni tezkorlik bilan aniqlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlardan tushayotgan jinoiy ishlar boʻyicha materiallarni yigʻish, hisobga olish, saqlash va tahlil qilish;
  • fotosuratlar, video, audio yozuvlar, elektron hamyonlar, kripto-aktivlar manzillari, IP-manzillar, Internet manzillar (domen), hisobga olish yozuvi (akkaunt), raqamli dalillarning aniqlangan joyi, vaqti va boshqa muhim belgilari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni yigʻish;
  • raqamli dalillar bazasida davlat sirlariga oid boʻlmagan aхborotni saqlash, qayta ishlash va himoya qilish meхanizmlari, aхborot infratuzilmasi ishonchliligi, ma’lumotlar bazalarining zaхiralarini ta’minlash. 

 

Raqamli dalillarni Reyestrga kiritish prokuratura, ichki ishlar organlari, Davlat хavfsizlik хizmati, Milliy gvardiya, Bojхona qoʻmitasining surishtiruvchi va tergovchilari hamda davlat sud-ekspertiza muassasalari, davlat organlarining ekspertiza boʻlinmalari ekspertlari tomonidan amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.06.2024 yildan kuchga kirdi. 

 

Sobir Nurberdiyev