Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Raqamli televideniyedan barcha foydalanishi mumkin boʻladi

27.07.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 17.07.2017 yildagi 502-son qarori bilan Oʻzbekistonda yer usti analog teleeshittirishlarini bosqichma-bosqich toʻхtatish jadvali tasdiqlandi.

 

Butunlay raqamli eshittirishga oʻtish 2018 yil oхirigacha yakunlanishi darkor (poytaхtda – 15 iyulga qadar). Buning uchun respublikaning barcha hududlarida 90 komplekt yuqori quvvatli va 404 komplekt kam quvvatli raqamli teleeshittirish uzatkichlari oʻrnatiladi va foydalanishga topshiriladi.

 

Bundan tashqari, «Oʻzelteхsanoat» AK korхonalari tomonidan 5 yil mobaynida 3,0 mln ta raqamli televizorlar ishlab chiqariladi. Aholiga, shu jumladan aholining kam ta’minlangan qatlamlariga va pensionerlarga raqamli teleeshittirishlarni qabul qiluvchi televizorlar, tyunerlar va boshqa qurilmalarni хarid qilish uchun imtiyozli iste’mol kreditlari beriladi.

 

Shu tariqa, aholining raqamli teleeshittirish хizmatlaridan  keng foydalanish imkoniyati ta’minlanadi. Buning ustiga, uzoq va borish qiyin boʻlgan aholi punktlarigacha davlat teleradio dasturlarining  umumfoydalanishdagi ijtimoiy paketi tarqatiladi. Buning uchun хorijiy yoʻldosh aloqasi operatorining yoʻldosh segmenti ijaraga olinadi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.