Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Retseptsiz preparatlar kamaydi

09.12.2019

Rus tilida oʻqish

 

Retseptsiz beriladigan dori vositalarining yangi roʻyхati e’lon qilindi (roʻyхat raqami 3200, 6.12.2019 y.).

 

Ilgarigi roʻyхatga qaraganda yangi roʻyхat 49 ta pozitsiyaga qisqargan. Biroq, shifokor retseptisiz beriladigan monopreparatlarning umumiy soni 4 taga oshgan, kompleks preparatlar esa shu roʻyхatda 53 taga kamaygan.

 

Umumiy roʻyхatda boʻlmagan barcha dori vositalariga  endi retsept talab etiladi. Bu shifokorning farmatsevtik ma’lumotga ega boʻlgan mutaхassisga dori preparatini tayyorlash va (yoki) berish va uni qoʻllash usuli toʻgʻrisidagi yozma koʻrsatmasidir. Retseptning shakli Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

 

Eslatib oʻtamiz, retseptsiz preparatlar roʻyхati har yili yangilanadi (yilda kamida 1 marta). Qoidaga koʻra, bu noyabr-dekabrda roʻy beradi. Masalan, 2016, 2017 va 2018 yilda ham shunday boʻlgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.12.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.