Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Rejadan tashqari oʻquv mashgʻulotlariga haq toʻlanadi

03.11.2015

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining qoʻshma qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 27 oktyabrda 2715-1-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari oʻqituvchilarining namunaviy shaхsiy yillik ish rejasiga oʻzgartirish kiritildi.

 

 

Ilgari Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari oʻqituvchilarining namunaviy shaхsiy yillik ish rejasida rejadan tashqari bajarilgan oʻquv ishlari (auditoriya yuklamasi va auditoriya yuklamasidan tashqari), oʻquv-metodik, ilmiy, ilmiy-metodik, tashkiliy-metodik, tashkiliy-pedagogik, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga haq toʻlanmasligi nazarda tutilgan edi. Endilikda ushbu me’yor chiqarib tashlandi.

 

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan.

 

 

Qaror Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2015 yil 2 noyabrdagi 43-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.