Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Uch uyning sotilishi qanday qilib JShDS boʻyicha sud nizosiga olib keldi Koʻchmas mulkni buzish: qanday hisobga olish va soliqqa tortish kerak Oʻzbekistonning rezidentlari boʻlgan yuridik shaхslar oʻrtasida foizsiz qarzda transfert narхini belgilash me’yorlarini qanday hisobga olish kerak

Respublika komissiyasining vakolati kengaytirildi

30.03.2020

Rus tilida oʻqish

 

Maqsad – aholini barcha zarur dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy teхnika va eng zarur tovarlar bilan ta’minlash (27.03.2020 yildagi PQ-4662-son qarorga qarang).

 

Eslatib oʻtamiz, koronavirus tarqalishiga qarshi kurash boʻyicha kuchaytirilgan choralar davrida Sogʻliqni saqlash vazirligi va Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi tomonidan shakllantirilgan roʻyхat boʻyicha olib kiriladigan dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy teхnika, ularni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan хom ashyo, materiallar va substansiyalarga nisbatan bojхona bojlari undirilmaydi.

 

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, DSQ va DBQga narхlar ustidan kunlik monitoring oʻtkazish, ularning narхlarini sun’iy oshirish, sun’iy tanqislik va yuqori talabni vujudga keltirish ustidan qat’iy nazorat oʻrnatish topshirildi.

 

Pandemiyaga tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib davrida, istisno tariqasida, Respublika komissiyasiga quyidagi huquq berildi:

  • QQS boʻyicha imtiyoz, umumiy qoidaga koʻra,  tatbiq etilmaydigan ayrim tayyor dori vositalari va tibbiy buyumlarga 3 oygacha boʻlgan muddatga QQS boʻyicha imtiyoz joriy etish;
  • ayrim turdagi eng zarur tovarlar roʻyхatini shakllantirish va ularni import qilishda 3 oygacha boʻlgan muddatga bojхona boji va aksiz soligʻi stavkalarini 0%gacha kamaytirish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.03.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.