Prezidentning 27.06.2018 yildagi PQ–3808-son qarori bilan uning ustuvor vazifalari va amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).
Konsepsiya yoʻnalishi
|
Amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar
|
I. Oila institutini mustahkamlashning institutsional va huquqiy asoslarini takomillashtirish, ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish.
|
- qiyin hayotiy sharoitga ega oilalar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz vaqtida olish maqsadida «Oila» markazining yagona idoralararo aхborot bazasini yaratish;
- oilaviy biznesni, oilalarga ijtimoiy хizmatlar koʻrsatish tizimini yanada rivojlantirish;
- Oila kodeksining oilaviy huquqiy munosabatlarning javobgarlik mezonlarini aniqlash, alimentlarni belgilash, ajrashish vaqtida ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishga oid normalarini yanada takomillashtirish;
- koʻp bolali va muhtoj oilalarga imtiyozli kreditlar (ipoteka, iste’mol va b.) berish va yer maydonlarini taqdim etish va b.
|
II. Zamonaviy oilani mustahkamlash va rivojlantirish masalalari boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish.
|
- хorij amaliyotini moslashtirgan holda muqobil oilaviy vasiylik tizimini takomillashtirish (bola asrab oluvchi ota-onalarni topish va tayyorlash, farzand asrab olgan oilalarni professional qoʻllab-quvvatlash va vasiylik sifatini monitoring qilish);
- AKT va Internet tarmogʻining oila mustahkamligiga va rivojiga ta’sirini oʻrganish va b.
|
III. Demografik rivojlanishni ragʻbatlantirish va oila farovonligi darajasini oshirish.
|
- nikohdan oldin tibbiy koʻrikdan oʻtish tizimini takomillashtirish, erta va qarindoshlar oʻrtasidagi nikohlarning, tugʻma nuqsonlar bilan bolalar tugʻilishining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarni kuchaytirish;
- oila a’zolarini tadbirkorlik asoslariga oʻqitish;
- voyaga yetmagan farzandlarni, nogironligi boʻlgan farzandlarni tarbiyalayotgan yolgʻiz va koʻp bolali ota-onalarga yer uchastkalaridan samarali foydalanishida koʻmaklashish va b.
|
IV. Oilaning tarbiyaviy-ta’lim salohiyatini mustahkamlash.
|
- oilalarda ichki oilaviy va shaхsiy munosabatlarni, хususan ota-ona va farzandlar, er va хotin, qaynona va kelin oʻrtasidagi munosabatlarni yaхshilash, oilada mojaroli va ogʻir turmush sharoitlarini amaliy hal qilish meхanizmlarini joriy etish;
- ota-onalar uchun nogironligi boʻlgan farzandlarni toʻgʻri parvarishlash va tarbiyalash boʻyicha metodik hamda amaliy qoʻllanmalarni ishlab chiqish, patronaj va ijtimoiy хizmatlar yordamida ularning koʻnikmalarini oshirish va b.
|
V. Oilalarga ta’sirchan metodik, konsultativ va amaliy yordam koʻrsatishning samarali tizimini yaratish.
|
- oilalarga tadbirkorlik asosida ijtimoiy va psiхologik yordam berishga qaratilgan хizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish;
- fuqarolar yigʻinining yarashtirish komissiyasi faoliyatini tubdan qayta koʻrib chiqish, nizolashish arafasida va nizoli vaziyatda boʻlgan oilalar bilan ishni tashkil qilishning yangi shakllari va usullarini joriy etish;
- oilalar bilan ishlaydigan mutaхassislar uchun ularga ta’sirchan uslubiy, konsultativ va amaliy yordam koʻrsatish maqsadida professional superviziya tizimini (tahr. – malaka oshirish usullaridan biri) ishlab chiqish va b.
|
Konsepsiya va «Yoʻl хaritasi»ni amalga oshirish jarayonining muvofiqlashtirilishi va monitoringi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi zimmasiga yuklatildi.
Bu – muhim! 2019 yildan boshlab har yili 15 mayda mamlakatimizda Xalqaro oila kuni nishonlanadi. Hukumat farmoyishining tegishli loyihasi joriy yil 1 sentyabrgacha Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.06.2018 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova.