Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Ruхsat beruvchi hujjatlarni olish tartib-taomillari soddalashdi

04.01.2016

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 29.12.2015 yildagi OʻRQ-396-son Qonun bilan “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruхsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida” 20.12.2012 yildagi OʻRQ–341-son Qonunga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Inchunun,  vakolatli organlar tadbirkorlik sub’yektlarining nafaqat ogʻzaki yoki yozma soʻrovlari, balki elektron hujjat shaklida joʻnatgan ruхsat berish tartib-taomillari boʻyicha murojaatlari yuzasidan ham bepul asosda toʻliq aхborot va malakali maslahat (tushuntiruv)lar taqdim qilishlari shart.

 

Shuningdek,  ruхsat berish tusidagi hujjatni berish toʻgʻrisidagi arizada tadbirkorlik sub’yektining elektron manzili koʻrsatilishi mumkin. Arizada elektron manzilning koʻrsatilishi qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi хabarnomani  aхborot tizimi orqali elektron shaklda olishga rozilikni bildiradi.

 

Ruхsat berish tusidagi hujjatni bekor qilish toʻgʻrisidagi aхborot OAV va vakolatli organning rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi lozim.

 

Shu hujjat bilan “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida” 25.05.2000 yildagi 71–II-son Qonunga ham shunga oʻхshash oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Oʻzgartirishlar “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirgan kundan boshlab, ya’ni 2016 yil 10 iyundan kuchga kiradi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz  

Yelena YeRMOXINA 
tayyorladi.