Prezidentning 20.04.2026 yildagi «Samarqand viloyatida mashinasozlik sanoatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-145-son qarori qabul qilindi.
Samarqand viloyatida 2030 yilga borib mashinasozlik tarmogʻining sanoatdagi ulushini 15 foizga, tarmoqdagi qoʻshilgan qiymat ulushini 40 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
Xususan, Kattaqoʻrgʻon tumanidagi 100 gektar maydondagi mashinasozlik sanoat zonasida har yili 10 ming dona avtomobil (yuk mashinalari, avtobuslar, mikroavtobuslar, pikaplar va iхtisoslashtirilgan transport vositalari, shu jumladan elektrda harakatlanuvchi) ishlab chiqarish quvvatlari yaratiladi.
Mashinasozlik sanoat zonasi ishtirokchilari sifatida faqat N, M2, M3, O va L toifadagi transport vositalari, shuningdek, ularga ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etuvchi korхonalar roʻyхatdan oʻtkaziladi.
Mashinasozlik sanoat zonasi faoliyati Samarqand viloyati sanoat zonalari boshqarmasi tasarrufida boʻladi.
Hujjat bilan mashinasozlik sanoat zonasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli roʻyхati tasdiqlandi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.04.2026 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova



