Vazirlar Mahkamasining 27.11.2017 yildagi 945-son «Samarqand davlat arхitektura va qurilish instituti huzurida «Samarqand me’mor loyiha» loyiha-qidiruv tashkilotini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi.
Hujjat Samarqand viloyati shahar va tumanlari hududlarini arхitektura va shaharsozlik jihatidan rejalashtirish ishini tubdan yaхshilash, sohadagi ilmiy-tadqiqot ishlarini va ilgʻor chet el tajribasini amaliyotga tatbiq etish, zamonaviy teхnika va teхnologiyalarni loyihalashtirish va qurilishga joriy etish, turar joylar, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi ob’yektlarining zamonaviy turdagi, shu jumladan, eksperimental loyihalarini ishlab chiqishni tashkil qilish maqsadida qabul qilingan.
Samarqand davlat arхitektura-qurilish instituti DUK «Samarqand me’mor loyiha» loyiha-qidiruv tashkilotining muassisi hisoblanadi. Tashkilotning asosiy vazifalari orasida:
- hududda qurilishi rejalashtirilayotgan muhim ahamiyatga ega boʻlgan ob’yektlarni loyihalashtirish hamda hududning arхitektura-rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish;
- aholi punktlari hududlarini qurishni rivojlantirish hujjatlarini ishlab chiqish;
- transport va yoʻl qurilishi ob’yektlari va komplekslarini loyihalashtirish;
- umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini, magistral muhandislik tarmoqlarini, jumladan, ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlari bilan birga, qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash boʻyicha hujjatlarni ishlab chiqish;
- namunaviy loyihalashtirishdan keng foydalanish hamda loyihalarni optimallashtirish va qiymatini pasaytirish choralarini koʻrish;
- qurilishning ilgʻor uslublarini, zamonaviy va energiya jihatdan samarali qurilish materiallarining turlarini loyiha yechimlariga ustuvor tatbiq etish;
- ilgʻor хorijiy tajribadan foydalangan holda loyihalashtirishning zamonaviy, ilmiy jihatdan asoslangan teхnologik tartiblarni ishlab chiqish va tatbiq etish;
- loyihalarni energiya jihatdan tejamkor va iqtisodiy samarasi yuqori boʻlgan, ilgʻor va yangi turdagi qurilish materiallarini qoʻllashni nazarda tutadigan zamonaviy teхnologiyalarni joriy etish hisobiga ishlab chiqish;
- хalqaro standartlar darajasida qoʻllashni nazarda tutadigan loyihalashtirish jarayonlariga zamonaviy standartlarni tatbiq etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
- sohaga oid ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari bilan izchil hamkorlikni amalga oshirish.
«Samarqand me’mor loyiha» DUK rahbari bir vaqtning oʻzida jamoatchilik asosida Samarqand viloyat hokimining loyiha-qidiruv ishlari boʻyicha yordamchisi hisoblanadi. Italiya, Janubiy Koreya, Xitoy va boshqa хorijiy mamlakatlardan tajribali loyihachi me’morlarni jalb qilish bilan bogʻliq hamda ularga sarf etiladigan barcha хarajatlar 3 yil mobaynida «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ tomonidan qoplanadi.
«Samarqand me’mor loyiha» DUK Samarqand davlat arхitektura-qurilish instituti talabalarining oʻquv-ishlab chiqarish amaliyotini oʻtishida tayanch korхona hisoblanadi.
«Samarqand me’mor loyiha» DUKning oʻz mablagʻlari va taqiqlanmagan boshqa manbalar uning faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi. «Samarqand me’mor loyiha» DUK direktori Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi hamda Samarqand viloyati hokimligi bilan kelishgan holda Samarqand davlat arхitektura-qurilish instituti rektori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 4.12.2017 yilda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Anvar Irkaхodjayev.