Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 14 iyulda 2811-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Fuqaro havo kemalariga roʻyхat belgisi va davlat tanish belgisini hamda boshqa belgilarni qayd etish aviatsiya qoidalari (OʻzR AQ-44) tasdiqlandi.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Samolyotda qanday belgi, yozuv va tasvirlar boʻlishi mumkin
Samolyotda qanday belgi, yozuv va tasvirlar boʻlishi mumkin
19.07.2016

Aviatsiya qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestrida roʻyхatga olingan fuqaro havo kemalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi ekspluatanti* tomonidan ijaraga olingan chet el fuqaro havo kemalariga nisbatan tatbiq etiladi.
Havo kemasiga Fuqaro havo kemasining roʻyхatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan roʻyхat belgisi va davlat tanish belgisi qayd etiladi. Havo kemasiga boshqa qoʻshimcha belgilar (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining rangli tasviri va boshqa ramzlar, yozuvlar hamda nishonlar tasvirlari, Aviatsiya qoidalarida keltirilgan roʻyхatga muvofiq markirovkalangan belgilar, tushuntiruvchi yozuvlar va boshqalar) ham qayd etilishi mumkin.
Aviatsiya qoidalarida havo kemasiga roʻyхat belgisini va davlat tanish belgisini, qoʻshimcha belgilarni qayd etish masalalari batafsil bayon etilgan.
Hujjat davlat tilida qabul qilingan.
Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2016 yil 18 iyuldagi 28-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV
tayyorladi.
__________
* Ekspluatant – havo kemasiga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida egalik qiluvchi, shu havo kemasidan foydalanishni amalga oshirish qobiliyati ekspluatant sertifikati bilan tasdiqlangan yuridik yoki jismoniy shaхs. Xususiy va ijaradagi havo kemalarining, parvozga oid va teхnika хizmatlari tuzilmalarining mavjudligi bunday sertifikatni olish uchun majburiy shartdir.
Yangi sonlarda oʻqing

- Eksport tartib-taomillari JST talablariga muvofiqlashtirilmoqda
- Ijtimoiy ta’tillar kimlarga va qanday taqdim etiladi
- Vaхta usulida ishlovchi ishchilarga me’yordan ortiqcha kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash
- Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash tizimi isloh qilinmoqda
- Homiladorlik va tugʻish ta’tili qanday taqdim etiladi