Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Sankt-Peterburgda Oʻzbekistonning Bosh konsulligi paydo boʻladi

20.07.2017

 

Bu qaror Prezidentning 19.07.2017 yildagi PQ-3140-son qarorida aks etgan. Hujjat matni davlat rahbari saytida keltiriladi.

 

Bosh konsullik Oʻzbekiston fuqarolari va yuridik shaхslarining huquq va manfaatlarini samarali himoya qilish, ularga sifatli konsullik-huquqiy yordam koʻrsatish, shuningdek vatandoshlarimizning migratsiya oqimlarini monitoring qilish uchun ochilmoqda.

 

Hujjat bilan shtat jadvali va хarajatlar smetasi tasdiqlandi. TIV uni ta’minlash uchun nomzodlarni taqdim qiladi.  

 

Shuningdek, tashqi siyosat idorasiga Rossiya Tashqi ishlar vazirligi va Sankt-Peterburg shahar ma’muriyati bilan Bosh konsullikni joylashtirish va jihozlash hamda boshqa tashkiliy masalalarni hal qilish topshirildi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.