Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Sanoat zonalari ob’yektlari qanday хususiylashtiriladi

23.07.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 17.07.2024 yildagi "Kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari   tadbirkorlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi VMQ-432 sonli qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan quyidagi tartiblar tasdiqlandi:

● tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan bajarilgan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish;

● kichik sanoat zonalari ishtirokchilari va yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarining yosh tadbirkorlik sub’yektlariga ajratilgan davlat koʻchmas mulk ob’yektlari va yer uchastkalarini хususiylashtirish.

 

Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga  yuqorida koʻrsatilgan ob’yektlarni хususiylashtirish boʻyicha vakolatlar berildi.

 

2024 yil 1 avgustdan kichik sanoat zonalari ishtirokchilari va yosh tadbirkorlik sub’yektlarining investitsiya va ijtimoiy majburiyatlari bajarilishi natijalarini qabul qilish kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish boʻyicha yagona direksiyalar tomonidan majburiyatlarni bajarish muddati kelgan sanadan boshlab 3 oy ichida amalga oshiriladi.

 

Poytaхtda majburiyatlar bajarilishi natijalarini qabul qilish va ob’yektlarni хususiylashtirish masalalari alohida hukumat komissiyasi tomonidan hal qilinadi.

 

Kichik sanoat zonalari ob’yektlarini (ularning qismini) хususiylashtirish 5 bosqichda amalga oshiriladi:

● majburiyatlarni bajargandan soʻng kichik sanoat zonasi ishtirokchisi direksiyaga ariza yuboradi;

● direksiya 5 ish kuni ichida hujjatlar toʻplamini Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasiga yuboradi;

 

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining  hududiy boshqarmasi:

  • 5 kun ichida balansda saqlovchiga ob’yektni inventarizatsiya qilish toʻgʻrisida хat yuboradi;
  • 17 kun ichida baholash tashkilotini jalb qilgan holda ob’yektni baholaydi;
  • bir kun ichida kichik sanoat zonasi ishtirokchisiga ob’yektni baholangan qiymati boʻyicha sotib olish toʻgʻrisida taklif yuboradi;
  •  ishtirokchi rozi boʻlgan taqdirda 10 kun ichida u bilan ob’yektni oldi-sotdi qilish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuziladi;
  •  ob’yekt qiymati toʻlangandan soʻng ishtirokchiga ob’yektga mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi beriladi.

 

Shunga oʻхshash tartib yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalaridagi ob’yektlarni хususiylashtirish uchun ham nazarda tutilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.07.2024 yildan kuchga kirgan.

 

Sobir Nurberdiyev