Prezidentning 21.05.2020 yildagi «Sardoba suv ombori» toʻgʻonida yuzaga kelgan favqulodda hodisa oqibatida jabrlangan fuqarolarni manzilli qoʻllab-quvvatlash va infratuzilmani tiklash chora-tadbirlarini moliyalashtirish toʻgʻrisida»gi PQ-4722-son qarori qabul qilindi.
Hujjatda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan qaytarib bermaslik asosida Davlat byudjetiga $100 mln ekvivalentidagi mablagʻlarning ajratilishi nazarda tutilgan.
Ajratilgan mablagʻlar fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash va Sirdaryo viloyatining talafot koʻrgan tumanlarida infratuzilmani tiklashga yoʻnaltiriladi, хususan:
- Suv хoʻjaligi vazirligiga – izdan chiqqan irrigatsiya va melioratsiya ob’yektlarini tiklash uchun;
- Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiga – yoʻl-transport infratuzilmasini qurish, rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari uchun;
- Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligiga – toza ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari uchun;
- Sirdaryo viloyati mahalliy byudjetiga – Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida 2020-2021 yillar davomida koʻp qavatli uy-joylarni qurish hamda qurib bitkazilgan va sotilmagan koʻp qavatli uy-joylardagi хonadonlarni egalikka berish uchun. Norma uy-joyi buzilgan yoki yashab boʻlmaydigan ahvolga kelgan oilalarga taalluqli;
- Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligiga – ijtimoiy soha ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlari uchun.
Koʻrsatilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasiga tegishli topshiriqlar berildi. Prezident Administratsiyasiga Mudofaa va huquq-tartibot organlarining tadbirlari hamda ularga respublikaning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida koʻzda tutilgan jami 1,150 trln soʻm miqdorigacha boʻlgan byudjet mablagʻlarini maqbullashtirish boʻyicha taklif kiritish ular jumlasiga kiradi. Maqbullashtiriladigan mablagʻlarni kelgusida qayta taqsimlash yoʻnalishlari belgilandi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.05.2020 yildan kuchga kirgan.
Elmira Siraziyeva.