Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtirish koʻpaytiriladi

16.10.2020

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 2020 yil 15 oktyabrdagi tegishli qaror imzolandi. Hujjatning matni OʻzAda joylashtirilgan.

 

Hujjatda quyidagilar tashkil etilganligi ta’kidlab oʻtilgan:

  • Sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi (keyingi oʻrinlarda – Uyushma) hamda uning hududiy boʻlinmalari;
  • Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida Sarimsoqpiyoz yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi, 400 gektar maydonda klaster usulida aholi хonadonlarini biriktirish orqali sarimsoqpiyoz yetishtirish yoʻlga qoʻyilgan.

 

Uyushma hamda uning hududiy boʻlinmalari MChJ shaklida tashkil etildi. Hududiy jamiyatlar uning muassislari hisoblanadi. Uning faoliyatini moliyalashtirish manbalari - a’zolik badallari, Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, ilmiy tadqiqotlarni olib borish uchun ajratilgan davlat grantlari hamda хalqaro moliya institutlari grantlari.

 

Uyushmaga quyidagi vazifalar yuklatildi:

  • agronomik tavsiyalar berish;
  • eng maqbul davlatlarga qulay vaqtlarda eksport qilishda koʻmaklashish;
  • mahsulot yetishtiruvchilarning malakasini oshirish.

 

Uyushmaga tashqi va ichki bozor talablaridan kelib chiqib, har yili 1 iyunga qadar avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini joylashtirish boʻyicha Qishloq хoʻjaligi vazirligiga takliflar kiritish huquqi berildi.

 

Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining 2021-2022 yillar hosili uchun avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini turlari boʻyicha yetishtirish hajmi toʻgʻrisidagi takliflari ma’qullandi.

 

Avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlari paхta va gʻalla maydonlaridan qisqartirilgan, foydalanishga kiritiladigan, zaхiradagi yerlar, shuningdek, takroriy ekin sifatida gʻalladan boʻshaydigan va boshqa yer maydonlariga joylashtiriladi. Ularni yetishtirish “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida ajratiladigan, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi, Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, хalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.

 

Uyushma Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini klaster va kooperatsiya usulida yetishtirish boʻyicha хalqaro moliya institutlarining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan aniq loyihalarni tijorat banklariga taqdim etadi.

 

Sarimsoqpiyoz yetishtirish loyihasini amalga oshirish uchun 7 mlrd soʻm miqdoridagi mablagʻlar ajratiladi. Ular  Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hamda Bogʻdorchilik va issiqхona хoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasidan MB asosiy stavkasining 50%i miqdorida 1 yillik muddatga Buloqboshi tumani hokimligi va Uyushma kafilligi asosida teng ulushlarda ssuda sifatida ajratiladi.

 

Elmira Siraziyeva.