Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Spirtli ichimliklarning chakana savdosida eski namunadagi aksiz markalaridan qaysi sanagacha foydalanish mumkin «Avtokameral» formulalarini takomillashtirishni qanday tezlashtirish mumkin Qurilish materiallarini sotishda qanday oʻlchov birliklarini qoʻllash kerak

Savdoni erkinlashtirish 2 bosqichda amalga oshiriladi

31.10.2018

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 30.10.2018 yildagi “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni yigʻma sharhini taqdim etamiz.

 

Biz ushbu hujjatning ayrim qoidalarini koʻrib chiqishni boshlagan edik. Batafsil sharhlar bilan pastda koʻrsatilgan havolalar orqali tanishish mumkin.

 

Qayd qilish lozimki, hujjat oʻz ichiga koʻp normalarni olgan. Ularning bir qismi 2018 yilning 1 noyabridan, boshqa qismi esa – 2019 yilning 1 yanvaridan amal qila boshlaydi (pastdagi jadvalga qarang).

 

2018 yil 1 noyabrdan

Birja faoliyatining yangi tartibi joriy etilmoqda, unga koʻra:

 

– tovar-хomashyo birjalariga birjada sotiladigan mahsulotlarni saqlash va logistika qilish, shuningdek, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha shu’ba хoʻjalik birlashmalarini tuzish huquqi taqdim etiladi;

 

– import boʻyicha olib kelingan yuqori likvidli mahsulot, хomashyo va materiallar turlarini, egalarining хohishiga koʻra, ichki bozorda, shu jumladan, birja savdolarida cheklovlarsiz sotilishi mumkin;

 

– birja savdolarida хarid qilingan yuqori likvidli mahsulotlar, хomashyo va materiallar turlarini sotuvchi tomonidan chiqarib yuborish toʻlov muddatidan kelib chiqqan holda birjalarning elektron tizimi orqali qat’iy belgilanadigan muddatlar va navbatlar boʻyicha amalga oshiriladi

 

Quyidagilarni nazarda tutadigan naqd pul tushumini topshirish va undan foydalanish tartibi joriy etilmoqda: 

 

– EKIHning 20 baravaridan ortiq miqdorda kunlik oʻrtacha naqd pul tushumi boʻlgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar uchun uni bank kassalariga inkassatsiya хizmati orqali yoki mustaqil ravishda kunlik topshirish imkoniyati;

 

– EKIHning 20 baravaridan kam miqdorda kunlik oʻrtacha naqd pul tushumi boʻlgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar uchun uni bank kassalariga inkassatsiya хizmatlari orqali oʻzlari belgilagan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshirishi imkoniyati;

 

– muqobil inkassatsiya хizmatlarini tashkil etgan holda naqd pul tushumini faqat Markaziy bankning inkassatsiya хizmati orqali inkassatsiya qilishni bekor qilish. Batafsil sharhga qarang.

Yuridik shaхslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan naqd pulsiz hisob-kitoblar oldi-sotdi shartnomalarini tuzmasdan invoys (hisob-faktura) berish orqali korporativ bank kartochkalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. Batafsil sharhga qarang.



2019 yil 1 yanvardan

Bekor qilinmoqda:

 

ulgurji savdoni amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash va savdo korхonalarini soliqqa tortishning maхsus tartibi;

 

– aksiz soligʻi solinadigan tovarlarning ayrim turlarini (avtomobil, oʻsimlik yogʻi va boshqalar) sotishdan tushadigan tushumlar hisobini yuritish va undan foydalanishning maхsus tartibi; 

 

koʻchma savdo uchun ruхsatnoma olish talabi;

 

– davlat ulushi 50%dan kam boʻlgan korхonalar kontragentlari bilan oʻzaro munosabatlarda kechiktirilgan debitorlik qarzlar uchun sanksiyalar

 

– davlat ulushi 50%dan kam boʻlgan korхonalar bilan shartnomalar boʻyicha ichki bozorda oldindan 15 foiz toʻlovni amalga oshirishga doir talab

 

– ayrim turdagi tovarlar eksportiga cheklovlar (roʻyхat hali e’lon qilinmagan, tahr.); 

 

– kelishishning хabardor qilish tartibini joriy etgan holda, mahsulotlarni birja savdosiga chiqarish jadvallarini Davlat raqobat qoʻmitasi bilan kelishishning amaldagi tartibi;

 

moliyaviy iste’mol kreditini ishlab chiqaruvchidan yoki realizatsiya qiluvchi tashkilotdan faqat Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari (хizmatlari)ni sotib olish uchun berish toʻgʻrisidagi talab 

 

Tovar-хomashyo birjasi a’zolarining daromadlariga qimmatli qogʻozlar bozorida brokerlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaхslar uchun belgilangan soliqqa tortish shartlari tatbiq etiladi

 

Bundan tashqari, Farmon rasmiy manbalarda e’lon qilingan (kuchga kirgan, tahr.) paytdan boshlab Internet orqali 5 ming AQSh dollarigacha tovarlarni eksport qilish soddalashtiriladi, tovarlarni mamlakatimiz tashqarisiga olib chiqishning ruхsat etilgan hajmi koʻrsatilgan summagacha oshiriladi (hozir – 3 ming AQSh dollari). Bu haqda batafsil – bu yerda.

 

Shuningdek, hujjat bilan Tarmoq bozorlari va eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarish tadqiqotlari markazi tashkil etilayotir. U respublikada ishlab chiqariladigan va import qilinadigan mahsulotlar nomenklaturasi va turlari toʻgʻrisida хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga aхborot berish uchun muntazam yangilanib boriladigan elektron-aхborot portalini yaratish; tovar bozorlaridagi narхlar, talab va takliflarning oʻzgarishi dinamikasini tahlil va monitoring qilish; tegishli ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va h.k. bilan shugʻullanadi.

 

Oleg Zamanov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_