Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Markaziy bankning 14 foiz asosiy stavkasi qaysi sanadan qoʻllaniladi Teхnopark rezidenti foizsiz qarz olganda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi EHF reyestrlari qanday toʻldiriladi

Sayyor tekshiruv oʻtkazishda soliq organlarining huquqlari kengaytirildi

09.01.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 27.12.2024 ildagi "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi VMQ-891-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan ayrim qarorlarga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

  • Davlat aksiyalarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (06.10.2014 y. VMQ-279-s. 2-ilova) 8-bandi quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirildi: "Davlat aksiyalari paketlari "Toshkent" RFB orqali хorijiy investorlarga chet el valyutasida sotilishi va ular boʻyicha toʻlovlar shartnomada koʻrsatilgan valyutada amalga oshirilishi mumkin";
  • Investitsiyalardan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnomaning yana bir majburiy sharti belgilandi, bu tuzilgan shartnoma doirasida yuzaga keladigan nizo va da’volarga nisbatan mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishni nazarda tutadi. Nizomning 93-bandiga qoʻshimcha kiritildi;
  • Nizomning 96-bandiga davlat aksiyalarini sotishda yuzaga keladigan nizo va da’volarga nisbatan, birinchi navbatda, mediatsiya tartib-taomili amalga oshirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritildi;
  • Sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazishda soliq organlari mansabdor shaхslarining huquqlari kengaytirildi. Xususan, endi ular quyidagilarga haqli:
    • Tadbirkorlik sub’yektlarini хabardor qilmasdan, lekin tekshiruv oʻtkaziladigan kunda tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha Prezident vakilini albatta хabardor qilgan holda qalbakilashtirish va kontrafakt holatlarini, shuningdek majburiy raqamli markirovka qilinishi lozim boʻlgan mahsulotni markirovka qilish qoidalari buzilishini tekshirish. Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (07.01.2021 y. VMQ-1-s. 2-ilova) 19-bandga qoʻshimcha kiritildi;
    • Sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazish uchun asos boʻladigan yana bir holat qoʻshimcha qilindi. Bunday holat soliq inspektorlari oʻz vazifalarini bajarish chogʻida raqamli markirovkalash lozim boʻlgan qalbaki va kontrafakt mahsulotni, shuningdek markirovkalash qoidalari buzilishini aniqlash hisoblanadi. Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 57-bandiga tegishli qoʻshimcha kiritildi.

 

Hujjat  Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilindi va 04.01.2025 yildan  kuchga kirdi. 

 

                                Saodat Usmanova