Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yilda buхgalter uchun 25+ foydali havolalar (shpargalka) UFdagi ulushni sotishda EHFni rasmiylashtirish zarurmi

Shahar avtobus yoʻnalishlarida yoʻl haqi chiqish vaqtida toʻlanadi

05.06.2026

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 03.06.2026 yildagi "Shahar yoʻlovchi transporti tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi 276-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga koʻra, 2027 yil 31 dekabrga qadar haydovchi bilan birga 60 va undan ortiq yoʻlovchini tashishga moʻljallangan hamda "Yevro-5" va undan yuqori ekologik talablarga javob beradigan M3 toifasidagi (III sinfga mansub boʻlmagan avtobuslar, elektrobuslar va trolleybuslar) yangi transport vositalarini Oʻzbekistonga olib kirishda utilizatsiya yigʻimining nol stavkasi qoʻllaniladi.

 

2026 yil 1 sentyabrdan boshlab yoʻlovchilar avtomatlashtirilgan toʻlov tizimi terminallari (validatorlar) bilan jihozlangan avtobusga chiqishda yoʻl haqini quyidagi usullardan biri orqali toʻlashlari kerak:

• validator orqali transport kartasini validatsiya qilish;

• bank kartasi, smartfon va boshqa kontaktsiz elektron toʻlov vositalaridan (NFC, QR, Biometric, BLE, UWB va boshqa joriy etilayotgan teхnologiyalar) foydalangan holda;

• ijtimoiy yoki transport kartasi yordamida validator orqali imtiyozli yoki bepul sayohat huquqini tasdiqlash orqali.

 

Shu bilan birga, avtobusga chiqish vaqtida yoʻl haqi koʻrsatilgan usullar bilan toʻlanmagan taqdirda, yoʻlovchi chiptasiz deb hisoblanadi.

 

Shuningdek, qaror bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

 

Xususan, shahar tashqarisiga 5 km gacha yoki shaharlarning transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirishning tasdiqlangan bosh rejalariga muvofiq 12 km dan ortiq boʻlmagan masofaga chiqadigan yoʻnalishlar ham endilikda shahar avtobus yoʻnalishlari hisoblanadi.

 

2026 yil 1 sentyabrga qadar poytaхt jamoat transporti va shahar atrofi temir yoʻl yoʻnalishlarida yoʻl haqini toʻlashning integratsiyalashgan tizimini, shu jumladan "elektropoyezd – avtobus" va "elektropoyezd –metro" jozibador tarif rejalarini joriy etish rejalashtirilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 04.06.2026 yildan kuchga kirdi.

 

                                        Lola Abduazimova