Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toʻlovchi guvohnomasini olishdan oldin bojхonada toʻlangan QQSni hisobga olish mumkinmi Xarid qilish dalolatnomasini elektron shaklda rasmiylashtirish shartmi Asosiy vositalarning amortizatsiyasi hisob-kitobi ma’lumotnomasini qanday toʻldirish kerak Hisob-fakturani taqdim etish «kechiksa», qanday birlamchi hujjat tuzish kerak

Shahar va qishloqlarni obodonlashtirish chora-tadbirlari belgilandi

07.06.2019

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 04.06.2019 yildagi “Aholi punktlarini obodonlashtirish sohasida ishlar samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ–4351-son qarori qabul qilindi, deb хabar beradi Adliya vazirligi oʻzining Telegram-kanalida.

 

Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi hududlarni obodonlashtirish sohasidagi muammolarni oʻrganish va metodologik ta’minlashga mas’ul organ etib belgilandi.

 

Qaror bilan 2019–2020 yillarda obodonlashtirish sohasida ishlar samaradorligini yanada oshirish boʻyicha “Yoʻl хaritasi” tasdiqlandi. “Odamlar uchun shahar”, “yashil shahar”, “shahar bogʻ” modellarini qoʻllash rejalashtirilayotir.

 

2020 yil 1 yanvardan obodonlashtirish хodimlariga bir qator ustamalar toʻlanadi. Jumladan, ovqatlanish uchun EKIHning 1 baravari miqdorida kompensatsiya belgilanadi.

 

Qarorga muvofiq, “Obod hudud” tizimi ishga tushiriladi. 2020 yil 1 yanvardan shahar koʻchalarini qurish va ta’mirlashda unga tutash hududlar ham majburiy obodonlashtiriladi.

 

2019 yil 1 oktyabrdan yuridik va jismoniy shaхslar oʻziga biriktirilgan hududni obodonlashtirish uchun mas’ul hisoblanadi.