Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Shaharsozlik sohasidagi nizolar qanday hal qilinadi

23.08.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 12.08.2024 yildagi 496-son qarori bilan shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudga qadar koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Prezidentning 28.08.2023 yildagi PF-151-sonli "Ma’muriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoniga muvofiq quyidagilar tasdiqlandi:

● Shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudgacha hal qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;

● Shaharsozlik sohasidagi nizolarni tekshirish va hal qilish boʻyicha idoralararo komissiya tarkibi.

 

"Shaffof qurilish" milliy aхborot tizimida Shaharsozlik sohasidagi nizolarni hal qilish natijalari reyestri yaratiladi.

 

Shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudgacha hal qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

  • Shaharsozlik sohasidagi nizolarni tekshirish va hal qilish boʻyicha idoralararo komissiyani shakllantirish tartibi va uning vazifalari;
  • komissiyaga murojaat qilish shakli va tartibi;
  • arizani koʻrib chiqish tartibi.

 

Ariza komissiya tomonidan kelib tushgan kundan boshlab 15 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi. Agar murojaatda koʻtarilgan masalalarni oʻrganish uchun boshqa tashkilot vakillarini jalb qilish, bevosita joyida oʻrganish, boshqa tegishli hujjatlar va materiallarni olish talab etilsa, uni koʻrib chiqish muddati yana 15 ish kuniga uzaytirilishi mumkin.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 2024 yil 21 avgustdan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova