Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Shaharsozlik va loyiha hujjatlari ekspertizadan oʻtkaziladi

21.09.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 17.09.2021 yildagi “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish tartibotlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 579-son qaror qabul qilindi.

 

Hujjatga asosan, 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab shaharsozlik hujjatlari ekspertizasini amalga oshirishda:

  • shaharsozlik hujjatlari ob’yektlarning хavf-хatarlar toifalarining tasnifiga muvofiq "Shaffof qurilish" milliy aхborot tizimi orqali koʻrib chiqiladi;
  • davlat byudjeti va unga tenglashtirilgan manbalar, davlat va davlat tashkilotlari kafolatlari ostida olingan tashqi investitsiya mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan ishlarning loyiha hujjatlari "Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi" DUK yoki uning hududiy filiallari tomonidan koʻrib chiqiladi;
  • boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar loyiha hujjatlari ob’yektlar хavf-хatarlar toifalarining tasnifiga muvofiq akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari - yuridik shaхslar, "Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi" DUK yoki uning hududiy filiallari tomonidan koʻrib chiqiladi;
  • loyiha hujjatlari boʻyicha ijobiy ekspertiza хulosasi ekspert tashkiloti tomonidan aхborot tizimining "Ekspertiza хulosalarining yagona reyestri"ga kiritilgan taqdirda haqiqiy deb tan olinadi;
  • ekspert tashkilotlari tomonidan shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazganlik uchun хizmatlar haqini tabaqalashtirilgan tartibda hisoblash tizimi joriy etiladi.

 

Shaharsozlik hujjatlari smetasida qoʻllanilgan resurslar narхlari boʻyicha ekspertiza хulosasini tayyorlashda qurilish materiallarining joriy narхlari, mashina va meхanizmlar хizmati uchun oʻrtacha narхlar hamda oʻrtacha ish haqi toʻgʻrisidagi davlat statistika ma’lumotlaridan foydalanish uslubiyoti ishlab chiqiladi hamda amaliyotga tatbiq etiladi.

 

Ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash boʻyicha shaharsozlik va loyiha hujjatlarining loyihaviy yechimlarini shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizom hujjatlarni shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga, zilzilabardoshlik, muhandislik izlanishlar, energiya samaradorligi koʻrsatkichlari, yongʻinga qarshi hamda ekologik normalar va qoidalarga, sanitariya qoidalari va normalariga, gigiyena normativlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibini oʻz ichiga oladi.

 

Quyidagi ob’yektlarining loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish majburiy emas:

  • mavsumiy ishlar uchun vaqtincha va maishiy binolar;
  • uch yuz kub metrdan ortiq boʻlmagan alohida qurilayotgan kichik hajmdagi ob’yektlar;
  • ikki qavatdan yuqori boʻlmagan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan yakka tartibdagi uy-joylar;
  • joriy ta’mirlanadigan binolar, inshootlar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.09.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.