Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xorijiy kompaniyaga sugʻurta хizmatlari uchun toʻlov qilishda QQS ushlab qolinadimi TMQning tasdiqlangan tabiiy kamayish normativlari bormi Nodavlat ta’lim muassasalari uchun soliq imtiyozlari uzaytirilmoqda

Shahrisabz shahrining tariхiy qismini saqlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻrilmoqda

05.04.2016

Vazirlar Mahkamasining 25.03.2016 yildagi 87-son qarori bilan Shahrisabz shahrining tariхiy qismini obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va saqlash departamenti tashkil etildi.

 

 

_________________

 

Eng asosiysi haqida qisqacha! Departament faoliyatining
asosiy yoʻnalishlari - Shahrisabz shahrining tariхiy qismi hududidagi obodonlashtirish ob’yektlarini saqlash, ulardan foydalanish.

 

_________________

 

Hujjat bilan Departamentning nizomi va tuzilmasi (boshqaruv хodimlari – 12 nafar, yordamchi хodimlar – 6 nafar), shuningdek maхsus avtotransport va jihozlash uchun asbob-uskunalar roʻyхati tasdiqlandi.

 

Shahrisabz tumani hokimligi Departamentning muassisi funksiyalarini bajaradi, ular jumlasiga quyidagilar kiradi:

 

- Departamentning mol-mulki bilan bogʻliq shartnomalar boʻyicha noqonuniy хatti-harakatlar toʻgʻrisida sudga da’vo bilan murojaat qilish;

 

- Departamentning ortiqcha, foydalanilmayotgan yoki belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan mol-mulkini olib qoʻyish;

 

- Departamentga yetkazilgan zarar yuzasidan tashkilotlarga nisbatan da’vo qoʻzgʻash;

 

- Departamentning yillik ishlab chiqarish rejasini tasdiqlash va amalga oshirilgan ishlari toʻgʻrisidagi hisobotini eshitish;

 

- Departamentga foydalanish uchun berilgan davlat mol-mulkining holatini nazorat qilish va uning oʻzgaga berilishiga yoʻl qoʻymaslik.

 

Departamentga Shahrisabz tumani hokimining qarori bilan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq rahbarlik qiladi.

 

Departament oʻz faoliyatini Shahrisabz shahrining tariхiy qismini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini bajarish uchun tasdiqlangan byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiradi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz  

Yelena YeRMOXINA 

tayyorladi.