Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Shaхsiy investitsiya hisobvaragʻini qanday ochish kerak

27.06.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 13.06.2024 yildagi “Shaхsiy investitsiya hisobvaragʻini ochish va undagi mablagʻlarning hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 331-son qarori qabul qilindi.

 

Tasdiqlangan Nizom quyidagilarni belgilaydi:

  • shaхsiy investitsiya hisobvaragʻini ochish va undan foydalanish maqsadlari;
  • va quyidagi tartiblarni:

-shaхsiy investitsiya hisobvaragʻidagi mablagʻlarning hisobini yuritish va ularning holati toʻgʻrisida ma’lumotlarni taqdim etish;

-shaхsiy investitsiya hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladigan ish haqi va boshqa daromadlar boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash;

-shaхsiy investitsiya hisobvaragʻini yopish.

 

Nizom qoidalari aksiyalar, korporativ obligatsiyalar, uzoq muddatli davlat qimmatli qogʻozlari, munitsipial obligatsiyalar, investitsiya paylari va pay fondlariga nisbatan tatbiq etiladi. 

 

Nizom bilan quyidagilar nazarda tutilgan:

  • shaхsiy investitsiya hisobvaragʻi mahalliy fond bozorida muomalaga chiqarilgan va uyushgan qimmatli qogʻozlar bozorida savdo qilinadigan qimmatli qogʻozlarni sotib olish uchun foydalaniladi;
  • shaхsiy investitsiya hisobvaragʻi bir yil muddatga tuziladigan shartnomaga asosan investitsiya vositachisi tomonidan ochiladi va yuritiladi;
  • mijoz faqat bitta shaхsiy investitsiya hisobvaragʻiga ega boʻlishi mumkin;
  • shaхsiy investitsiya hisobvaragʻiga badal va undagi barcha operatsiyalar milliy valyutada amalga oshiriladi;
  • mijoz shaхsiy investitsiya hisobvaragʻini ochish uchun investitsiya vositachisiga jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqamini (JShShIR) koʻrsatgan holda ariza va shaхsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi;
  • investitsiya vositachisi mijozga bir kun ichida shaхsiy investitsiya hisobvaragʻini ochadi.Bunda investitsiya vositachisi masofadan turib raqamli identifikatsiya qilish orqali elektron shaklda shaхsiy investitsiya hisobvaragʻi ochishi, mijozning qimmatli qogʻozlarini sotib olishi va sotishi, shuningdek, unga shartnomaga muvofiq boshqa хizmatlarni koʻrsatishi mumkin;
  • shaхsiy investitsiya hisobvaragʻi vakolatli organ – Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan belgilanadigan yagona depozitar hisobi va hisoboti qoidalariga (standartlarga) muvofiq ochiladi va yuritiladi. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.06.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova